"Omadli abonent"

"Omadli abonent" xizmati

5555 IVR-xizmati doirasidagi “Omadli abonent” aksiyasi

 

Aksiyaning o‘tkazilish muddati:

 

2024-yil 25-noyabrdan 2025-yil 25-noyabrgacha (shu kunlari ham).

 

Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati:

 

2025-y. 26-noyabrdan 2025-y. 1-dekabrgacha.

 

Aksiya haqida:

 

“Omadli abonent” aksiyasi 5555 qisqa raqamidagi IVR-xizmatni (“Superportal”) o‘z ichiga oladi. Har bir abonent o‘z tug‘ilgan kunida shaxsan o‘ziga yo‘llangan SMS-tabrik oladi, unda 5555 IVR-xizmatidan bir oy bepul foydalanish taklifi hamda yil oxirida “DAMAS” avtomobilini yutib olish mumkinligi haqidagi ma’lumot bo‘ladi.

Aksiyada ishtirok etish hamda IVR-xizmatdan bir oy bepul foydalanish ko‘rinishidagi sovg‘ani olish uchun, abonent betakror promo-kodni (5 belgidan iborat turlicha harf-raqamlar birikmalari) 5454 qisqa raqamiga jo‘natishi lozim.

O‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan abonentlar xizmatga ulanish kunidan 1 oy mobaynida 5555 IVR-xizmatining barcha imkoniyatlaridan bepul foydalana oladilar. 1 oy tugagach IVR-xizmat pullik bo‘ladi.

 

Muhim:

Betakror kod bir necha abonent tomonidan ishlatilishi mumkin (masalan, agar kodni olgan abonent uni boshqa abonentga jo‘natsa), ammo faqat mazkur kodni olgan abonent asosiy sovrin – “Damas” avtomobiliga da’vogarlik qila oladi. Betakror kodni olgan abonentning raqami yutuqli o‘yinda sovrin o‘ynalayotgan vaqti “Faol” holatda bo‘lishi lozim.

 

Xizmatga ulanish tartibi:

IVR orqali faollashtirish uchun abonent 5555 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi lozim. Ovozli menyuda obuna bo‘layotib abonent xizmat haqidagi ma’lumotni tinglaydi va xizmat haqidagi ma’lumotni va 5454 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi. Xabarni jo‘natgach abonent xizmat haqidagi ma’lumotni SMS orqali oladi. 

Xizmat haqidagi ma’lumotni boshqa manbalardan olgan taqdirda ham Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5454 raqamiga “A” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabarni jo‘natgach abonent xizmat haqidagi ma’lumotni SMS orqali oladi.

 

Xizmatni o‘chirish tartibi:

Xizmatni o‘chirish uchun abonent 5454 qisqa raqamiga STOP D matnini yoki 1 raqamini SMS-xabarda yuborishi, yoxud 5555 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib (shaxsiy kabinet orqali) o‘chirishi mumkin.

 

Xizmat narxi:

Obuna bo‘lgandan keyingi 1 oy mobaynida (2024–2025-y.) abonentga 5555 IVR-xizmati bepul taqdim etiladi. Bepul davr tugashiga 3 kun qolganida abonent pullik davrga o‘tish sanasi va xizmat narxi (QQS bilan kuniga 1010.40 so‘m) haqida xabarnoma oladi. Xizmatni narxlash 5005 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.

 

Aksiya shartlari va qoidalari bilan https://goo.su/Ojju havolasi orqali o‘tib, Ofertada batafsil tanishish mumkin 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati:  99878 140-05-01