"FunVideo"

"FunVideo" servisi bilan ko‘ngilochar videolar

«FunVideo» servisi (http://ucell.mfun.uz/) ko‘ngilochar videolar katalogiga cheksiz kirish imkonini taqdim etadi.

Katalogda Kanadadagi mashhur Just For Laughs studiyasining «Yashirin kamera» teleshousi HD formatida joylangan.

 

Xizmatni quyidagicha ulatish mumkin: 

Web orqali faollashtirish uchun abonent http://ucell.mfun.uz/ havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 3456 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3456 raqamiga “3” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

Agar abonent hisobida 24 soat kirishni xarid qilishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobiga bog‘liq holda qisman narxlash orqali unga 3/6/12 soatlik kirish imkoni taqdim etiladi.

Qisman narxlash 2260/1160/1165 raqamlaridan keluvchi, ko‘rinmas SMS tarzida amalga oshiriladi.

Xizmatni bekor qilish uchun 3456 raqamiga SMS tarzida «stop video» matnini yuborish lozim. 

1263 so‘m / 24 soat

631,5 so‘m / 12 soat

315,75 so‘m / 6 soat

157,87 so‘m / 3 soat