"Muloqot" xizmati
«Muloqot» (muloqot.ucell.uz) portalida foydalanuvchi o‘z profilini to‘ldirishi, fotosuratlar yuklashi, boshqa foydalanuvchilarning profillarini ko‘zdan kechirishi va ular bilan muloqot qilishi mumkin. Portal «o‘zaro yoqtirish» tamoyiliga ko‘ra ishlaydi. Agar har ikkala obunachi bir-birining profillarini ko‘zdan kechirganda «Yoqdi» tugmachasini bossalar, yozma muloqot boshlash mumkin bo‘lgan maxsus oyna ochiladi.
Servisda reytinglar tizimi va nomaqbul matnning avtomatik moderatsiyasi ko‘zda tutilgan (avtomatik filtrlash algoritmlari dasturiy kodga «Mobile Solution Tashkent» kontent-provayderi tomonidan kiritilgan). Barcha yuklangan fotosuratlar majburiy moderatsiyadan o‘tadi va dushanbadan jumagacha har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha «Mobile Solution Tashkent» kontent-provayderi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Xizmatni quyidagicha ulatish mumkin:
Web orqali faollashtirish uchun abonent http://muloqot.ucell.uz/ havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 3456 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3456 raqamiga “1” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Agar abonent hisobida 24 soat kirishni xarid qilishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobiga bog‘liq holda qisman narxlash orqali unga 12/6 soatlik kirish imkoni taqdim etiladi.
Qisman narxlash 1160/1165 raqamlaridan keluvchi, ko‘rinmas SMS tarzida amalga oshiriladi.
Xizmatni bekor qilish uchun 3456 raqamiga SMS tarzida «stop muloqot» matnini yuborish lozim.