"MusicBox"

"MusicBox" xizmati

«MusicBOX» servisi (http://ucell.musicme.uz/music/) istalgan didga mos musiqiy taronalarga cheksiz kirish imkonini taqdim etadi.

Bu yerda Siz nafaqat sevimli o‘zbek ijrochilarining qo‘shiqlarini, balki «Black Star Mafia», «Poprobuyte bejat», «Maksimum energii» va boshqa ko‘plab pleylistlarni ham topishingiz mumkin.

 

Xizmatni quyidagicha ulatish mumkin:

Web orqali faollashtirish uchun abonent http://ucell.musicme.uz/ havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 3456 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3456 raqamiga “4” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

24 soat kirish mumkin bo‘lgan xizmatning to‘liq narxi 4465 raqamidan keluvchi, ko‘rinmas SMS orqali rasmiylashtiriladi.

Agar abonent hisobida 24 soat kirishni xarid qilishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobiga bog‘liq holda qisman narxlash orqali unga 3/6/12 soatlik kirish imkoni taqdim etiladi.

Qisman narxlash 4470/1160/1165 raqamlaridan keluvchi, ko‘rinmas SMS tarzida amalga oshiriladi.

 

Xizmatni bekor qilish uchun 3456 raqamiga SMS tarzida «stop music» matnini yuborish lozim. 

 

1263,00 so‘m / 24 soat

631,50 so‘m / 12 soat

315,75 so‘m / 6 soat

157,87 so‘m / 3 soat