"ERP-sport" xizmati
«ERP-sport» SMS-bildirishnomalari:
Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sport sohasini raqamlashtirishni ta’minlash maqsadida joriy qilingan «ERP-sport» yagona elektron boshqaruv tizimini tatbiq etish evaziga sport sohasini boshqarish raqamli tizimi platformalarida ro‘yxatdan o‘tishda real vaqt rejimida informatsion SMS-xabarlar jo‘natish va qabul qilish imkonini Abonentlarga taqdim etadi.
SMS-xizmat foydalanuvchilar va ro‘yxatdan o‘tuvchilarning quyidagi funksiyalari uchun amal qiladi:
erp.sport.uz, adm.sport.uz, my.sport.uz tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning ikki tomonlama autentifikatsiyadan o‘tishi uchun;
(Login va parol kiritilganidan so‘ng, tizim tasdiqlash kodini jo‘natadi, uni avtorizatsiya platformalarida ko‘rsatish lozim bo‘ladi);
Imtihonlar natijalarini olish uchun. «ERP sport» saytlarida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent «Besh tashabbus olimpiadasi» hamda «Sport musobaqalari» loyihalari doirasida o‘zi avval topshirgan imtihon natijasini olish uchun RES kalit so‘zini yuborishi mumkin. Natijalar abituriyentning «ERP sport» tizimida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS-xabarlar ko‘rinishida jo‘natiladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99871 207-11-11