"Sola Free"

"Sola Free" xizmati

“Sola Free” xizmati doirasida poytaxt aholisi va mehmonlari poytaxtning 200 dan ortiq jamoat joylarida – SKM, SM, bozorlar, aeroport, vokzallarda, o‘quv va tibbiyot muassasalarida yagona Sola Free Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga egalar (barcha SOLA hududlarining ro‘yxati ilovada). Loyiha doirasida 5 mln abonentlar uchun Respublika bo‘ylab 45 000 Wi-Fi kirish nuqtasi o‘rnatilishi orqali keng polosali Wi-Fi tarmog‘i qurilishi ko‘zda tutilgan.

Abonent Sola Free Wi-Fi tarmog‘iga ulanadi. Bosh sahifada abonent brauzerni ochishi kerakligi hamda o‘zini identifikatsiyadan o‘tkazishi kerakligi ma’lum qilinadi. Brauzerda istalgan URL orqali o‘tishda, abonent identifikatsiya sahifasiga o‘tkaziladi. Abonent telefon raqamini kiritib, kirish kodini so‘raydi.

Kirish kodi 9400 raqamidan kiritilgan telefon raqamiga SMS ko‘rinishida keladi.

Abonent SMS orqali kelgan SMS kodini identifikatsiya sahifasida kiritadi, bundan keyin abonent identifikatsiyadan o‘tgan hisoblanadi hamda unda Sola free Wi-Fi tarmog‘iga kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

9400 raqamidan har bir kiruvchi SMS narxi – barcha soliqlar hisobi bilan 84.2 so‘m. 

 

Qo‘llab-quvvatlash xizmati:  99871 207-11-11