“Sovrinli” viktorinasi
Ucell Kompaniyasi abonentlari uchun “Sovrinli” viktorinasi.
Ishtirok etish shartlari:
Xizmatga SMS-xabar jo‘natish vositasida ulanish mumkin: abonent 1010 raqamiga “SV” matnli SMS yo‘llashi lozim.
Ko‘rsatilgan amalni bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Mazkur xizmat obunali bo‘lib, kunlik Abonent to‘lovi mavjud. Obuna doirasida, kunlik abonent to‘lovini to‘lash evaziga, abonentlar kunlik ballarni va viktorinaning kunlik 30 ta savolini oladilar. Viktorina savollariga SMS orqali javob berib (1 yoki 2 ni tanlab), abonentlar qo‘shimcha ballar oladilar. Abonentlar to‘plagan ballar kunlik, haftalik, va yillik sovrinlar tanlovlarida qatnashishi mumkin.
O‘tkazilish muddatlari – 03.09.2025-02.09.2026 (shu kunlari ham)
Sovrinlar:
Kunlik sovrin: 1 000 000 so‘m.
Haftalik sovrin: 10 000 000 so‘m.
Yillik sovrin (Bosh sovrin)
CHEVROLET TRACKER-2 avtomashinasi
Sovrinlarni topshirish tartibi
Kunlik sovrin:
Har kuni soat 23:59:59 da joriy o‘yin kunining natijalari chiqariladi hamda Aksiyaning to shu kungacha bo‘lgan butun davri mobaynida boshqa ishtirokchilarga nisbatan eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan va Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi Kunlik sovrin g‘olibi aniqlanadi. Kunlik sovrinni ishtirokchi Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bir marta yutib olishi mumkin. Haftalik sovrinlar va Bosh sovrin o‘ynaladigan kunlarda Kunlik sovrin o‘ynalmaydi.
Haftalik sovrin:
Haftalik sovrin g‘olibini aniqlash tartibi.
Har yakshanba soat 23:59:59 da Haftalik sovrin g‘olibi aniqlanadi. G‘olib deb ushbu Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi, joriy haftaning dushanba kuni soat 00:00:00 dan to yakshanba kuni soat 23:59:59 gacha bo‘lgan davrida eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan ishtirokchi tan olinadi. Ishtirokchi Haftalik sovrinni Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bir (1) marta yutib olishi mumkin. Bosh sovrin o‘ynaladigan kunlarda Haftalik sovrin o‘ynalmaydi.
Bosh sovrin:
Bosh sovrin g‘olibini aniqlash tartibi.
Bosh sovrin 02.09.2026-y. soat 23:59:59 da Bosh sovrin sohibi aniqlanadi. Ushbu Qoidalarning barcha talablariga javob beradigan, 03.09.2025 kuni soat 00:00:00 dan 02.09.2026 kuni soat 23:59:59 gacha bo‘lgan davrda eng ko‘p “ball” to‘plagan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Ishtirokchi Aksiya o‘tkazilishining butun muddati davomida bir (1) martadan ortiq Bosh sovrinni yutib olishi mumkin emas.
Ulanish buyrug‘i: 1010 qisqa raqamiga har qanday matnli SMS jo‘natish; faqat o‘chirish (STOP, СТОП, STOP1) buyruqlari va holatni tekshirish (INFO1, ИНФО, INFO) buyruqlari bundan mustasno.
Ma’lumot olish buyrug‘i: 1010 qisqa raqamiga INFO1, ИНФО, INFO matnli SMS jo‘natish.
O‘chirish buyrug‘i: obunani hamda SMS-bildirishnoma olishni o‘chirish uchun – 1010 raqamiga STOP yoki СТОП matnli SMS jo‘natish. 1010 raqamiga STOP yoki СТОП SMS-buyrug‘ini jo‘natish orqali o‘chirganida abonentning profili hamda uning ballari toki mazkur xizmatning yoki Operator bilan shartnomaning amal qilish muddati tugagunicha saqlanib turadi.
Ballarni tekshirish, hisoblash:
Obunani faollashtirganidan keyin abonentlarning harakatlari ballar bilan mukofotlanadi:
Ro‘yxatdan o‘tish ballari – 20 ball (bir martalik).
Kunlik obuna evaziga ballar – ko‘pi bilan 100 ball (abonent to‘lovini to‘liq to‘lasa) yoki 25 ball (abonent to‘lovining ¼ qismini to‘lasa).
Viktorina savoliga berilgan to‘g‘ri javob evaziga ballar – kamida 50 ball (Qoidalarda ko‘rsatilganidek “Baxtli soatlar” fazasidan tashqari).
Viktorina savoliga berilgan noto‘g‘ri javob evaziga ballar – kamida 10 ball (Qoidalarda ko‘rsatilganidek “Baxtli soatlar” fazasidan tashqari).
Narxi: 1 684 so‘m – kunlik obuna.
421 so‘m – qo‘shimcha 30 ta savolni hamda 25 ta “Standart ball”ni (1/4 to‘plam) olish.
Batafsil ma’lumotlar www.1010ucell.uz saytida.
Info: + 998 78 150 24 35