"Mobil karaoke"

"Mobil karaoke" xizmati

«Mobil karaoke» digital-xizmati – bu digital-xizmatlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqilgan web-portal bo‘lib, unda abonentlar onlayn rejimida sevimli xitlarini kuylab, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin.

Portal ortiqcha yuklamalarsiz, sodda va puxta o‘ylangan interfeysga ega bo‘lib, sevimli xitlarni yakka holda ham, do‘stlar bilan duetda ham ijro etishga imkon beradi. Shuningdek, unda foydalanuvchilar u yoki bu qo‘shiqni ijro etish bo‘yicha o‘zaro musobaqa qilishlari mumkin bo‘lgan «batl» rejimi ko‘zda tutilgan.

 

Xizmatga quyidagi usullarda ulanish mumkin:

— web orqali: abonent https://karaoke.ucell.uz havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;

— SMS-xabar jo‘natish vositasida: abonent 5512 raqamiga “MK” matnli SMS yo‘llashi lozim.

Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Kunlik obuna narxi – 900 so‘m.

 

Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: https://karaoke.ucell.uz