"TopBox" xizmati
TopBox – mobil ilova bo‘lib, unda foydalanuvchilar qiziqarli suhbatdoshlar bilan muloqot qilib va yangi tanishlar orttirib, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin.
Xizmatga quyidagi usullarda ulanish mumkin:
— web orqali: abonent http://topbox.mobi-serv.com havolasi bo‘yicha o‘tishi va o‘z telefon raqamini kiritishi lozim;
— SMS-xabar jo‘natish vositasida: abonent 5512 raqamiga “TP” matnli SMS yo‘llashi lozim.
Ko‘rsatilgan amallardan birini bajarganidan so‘ng abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va faollashtirish uchun maxsus kodni SMS-xabarda oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob SMS-xabarida jo‘natish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Narxlash 5712 raqami orqali amalga oshirislib, kunlik to‘lov QQS bilan 842 so‘mni tashkil qiladi.
Obunani ilovaning o‘zida yoki 5512 raqamiga STOP SMS-buyrug‘ini yuborib o‘chirish mumkin. Obunani bekor qilish funksiyasi ilovaning o‘zida ko‘zda tutilgan.