“Hayot testlari” xizmati
“Hayot testlari” xizmati – bu har xil hayotiy vaziyatlar uchun turli testlar portali.
Abonentlar hayot haqidagi turli savollarga javob topishlari hamda foydali maslahatlarni yoki qiziqarli hayotiy voqealarni o‘z ichiga oluvchi maqolalarni o‘qishlari mumkin.
Portal kontenti har kuni yangilanib boradi. Portalda turli-tuman bo‘limlar mavjud: ayollar, erkaklar, talabalar, haydovchilar, ish odamlari uchun va hokazo.
Bundan tashqari, portal rezyume tayyorlash, bolalarga ta’lim berish, xonadon qoidalari, suhbatlashish, imtihonlarga tayyorlanish va hokazo mavzulardagi maqolalarni o‘qib, dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi.
Portaldan foydalanishning birinchi kuni – bepul.
Ikkinchi kundan boshlab kunlik abonent to‘lovi – 842 so‘m (QQS bilan).
Hisobda to‘liq abonent to‘lovini (842 so‘m) yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonentdan bu miqdorning yarmi – 421 so‘m yechib olinadi. Bunda portalning faqat muayyan bir sahifalariga kirish imkoni bo‘ladi.
Xizmatni ulatish/o‘chirish tartibi
Web orqali faollashtirish uchun abonent lifetest.uz havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 5868 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5868 raqamiga “7” matnli SMS yo‘llashi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.