"Fluent Worlds"

"Fluent Worlds" xizmati

«Fluent Worlds» – ingliz tilini real sharoitlarda muloqot hamda birgalikdagi harakatlar vositasida o‘rganishning o‘ta samarali raqamli usulidir. Mazkur xizmatdan iOS hamda Android tizimli mobil qurilmalarda, Windows tizimli stol kompyuterlarida foydalanish mumkin.

 

Web orqali faollashtirish uchun abonent fw-ucell.com havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 5868 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.

 

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5868 raqamiga “F” matnli SMS yo‘llashi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Kunlik obuna narxi – QQS bilan 2105 so‘m. Kontent-xizmatga obuna/ulanish uchun birinchi to‘lov Abonent tomonidan obuna/ro‘yxatdan o‘tish tasdiqlanganidan so‘ng darhol yechiladi. Abonentdan obuna uchun to‘lov toki Abonent bu xizmatdan voz kechguniga yoki abonent raqami tizimdan o‘chirilguniga qadar har kuni yechiladi. Abonentga kunlik abonent to‘lovi yechilishi haqida xabar beruvchi SMS yuborilmaydi.

Abonent hisobida yetarlicha miqdordagi (2105 so‘m) mablag‘ bo‘lmasa, toki navbatdagi to‘lovni amalga oshirmagunicha Abonent xizmatdan foydalana olmaydi.

Xizmatni o‘chirish tartibi.

Xizmatni o‘chirish uchun Abonent 5868 qisqa raqamiga STOPFW yoki СТОПФВ SMS-buyrug‘ini yuborishi lozim.

Kunlik narxlash 9901 qisqa raqamidan SMS yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.