"Musiqalar Saltanati" xizmati
«Musiqalar Saltanati» xizmati – bu butun jahonda ommalashgan «Kuyni toping» o‘yini asosida ishlab chiqilgan viktorina. Mazkur quvnoq musiqiy onlayn test foydalanuvchilarga chambarakdagi qo‘shiq qaysi ekanini topish va o‘zining musiqiy ko‘nikmalari yordamida sovrin yutib olish imkonini beradi.
Foydalanuvchi chambarakni aylantiradi va undagi tegishli ochkoga ega bo‘lgan tasodifiy musiqani oladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (musiqani yoki xonandani 10-15 soniyada topsa), u ochkolar oladi. O‘ynashda davom etib, u turli sovrinlar yutib olish uchun o‘z imkoniyatlarini oshiradi. Xizmat barcha brauzerlar orqali spin-win.uz portalida amal qiladi.
Har oy yakunlariga ko‘ra eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan 1 obunachi g‘olib sifatida tanlanadi va sovringa IPHONE 12 PRO oladi. Agar abonent oylik sovrinni yutib olsa, u holda u bitta davr (bir yil) davomida takroran sovrin yutib ololmaydi. Bordi-yu ikki yoki undan oshiq abonent bir xilda eng ko‘p ball to‘plasa, u holda kuylarni hammadan oldin to‘g‘ri topgan kishi g‘olib deb tanlanadi.
Xizmatga obuna bo‘lish uchun:
Web orqali faollashtirish uchun abonent spin-win.uz havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 6303 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 6303 raqamiga “9” matnli SMS yo‘llashi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Ulanish va narxlash shartlari:
Agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan qisman narxlash qiymati (QQS bilan 1400 so‘m yoki QQS bilan 700 so‘m) yechib olinadi.
Abonent to‘langan miqdorga muvofiq ballarga va o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi:
2105 UZS – abonent 150 ball oladi hamda chambarakni 21 marta aylantirishi va 21 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 1400 UZS – abonent 100 ball oladi hamda chambarakni 14 marta aylantirishi va 14 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 700 UZS – abonent 50 ball oladi hamda chambarakni 7 marta aylantirishi va 7 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, abonentlar har bir to‘g‘ri javob uchun ballar to‘playdilar. To‘g‘ri javoblar uchun beriladigan ballar savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi va portalda chambarakni aylantirganda aks etadi. Obunachilarda 6303 raqamiga Da, Yes, Ha, OK, 100 kalit so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha so‘rovlar yuborib, o‘z ballarini ko‘paytirish va sovrinlar yutish uchun qo‘shimcha musiqiy parchalarni olish imkoni mavjud. Har bir qo‘shimcha so‘rov narxi – QQS bilan 2105 UZS. Shuningdek, qo‘shimcha savollar to‘plami uchun so‘rov yuborganida, agar abonent hisobida to‘liq qiymatni to‘lashga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, bunda ham qisman narxlash qo‘llanadi. Narxlash turidan (to‘liq / qisman) kelib chiqib, abonent shunga mos miqdorda ballarni va shunga mos miqdorda chambarakni aylantirish imkonini qo‘lga kiritadi.
Oylik sovrin yutib olish
Eng ko‘p ball to‘plagan Abonent iPhone 14 smartfonini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Sovrin yutib olish tartibi:
Abonent belgilangan vaqt ichida (10-15 soniya) musiqani to‘g‘ri topib, belgilangan ravishda ball to‘playdi. Abonent ballari bir oy davomida jamlanib, har oy oxirida eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi sovrin g‘olibi deb topiladi. Shu jumladan, agar 2 yoki undan ortiq abonent bir xil – eng ko‘p ballga ega bo‘lsa, g‘olib to‘g‘ri javobni topishga eng kam vaqt sarflash ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlanadi. Sovrin yutib olgan abonent 12 oy davomida qayta sovrindor bo‘la olmaydi. O‘yin tashabbuskori - "SDS Carrier Solutions" sovrinni berish uchun javobgardir. Sovrinni olish tartibi va qo‘shimcha ma’lumotni spin-win.uz saytidan olish mumkin.