"Sport yangiliklari" xizmati
Ushbu veb-xizmat abonentlarga veb-brauzer orqali abonent to‘lovi evaziga sport olamidagi so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishi mumkin bo‘lgan portalga kirish imkoniyatini beradi. Sport yangiliklari sayti http://sport24.allocontent.uz manzilida joylashgan.
Platforma qulay va intuitiv interfeys, shuningdek, istalgan smartfonda muammosiz ishlatish imkonini beruvchi moslashuvchan dizayn bilan jihozlangan. Loyiha ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. http://sport24.allocontent.uz saytida doimo futbol, boks, MMA, basketbol, xokkey, tennis kabilar olamidagi eng so‘nggi yangiliklar bo‘ladi. Shuningdek, yangiliklar maydonchasiga sport yangiliklari O‘zbekistonning boshqa yangilik saytlaridan oldinroq qo‘shiladi.
Faollashtirish tartibi.
Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent http://sport24.allocontent.uz havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 5970 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5970 raqamiga “SPORT” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
O‘chirish tartibi.
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 5970 qisqa raqamiga STOPSPORT buyrug‘ini yuborishi kerak.
Xizmat narxi: Xizmatdan bir kunlik foydalanish narxi QQS bilan 1000 so‘mni tashkil qiladi.
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 5970 qisqa raqamiga STOPSPORT buyrug‘ini yuborishi kerak.