"Sport prognozi"

"Sport prognozi" xizmati

https://sport.ucell.uz/ axborot-ko‘ngilochar portali

Portal quyidagilarni o‘z ichiga olgan: dolzarb yangiliklar, sport musobaqalari haqidagi xabarlar, bo‘lib o‘tayotgan matchlarning natijalari haqida yangilanib turuvchi ma’lumotlar, dunyodagi eng ommabop sport turlari va turnirlar bo‘yicha prognozlar, sport tahlilchisi sifatidagi ko‘nikmangizni hech bir yo‘qotishlarsiz tekshirish imkonini beruvchi o‘yin mexanikasi.
Rag‘batlantirish sifatida musobaqa effekti va sovrinlar yutish imkoni ham kiritilgan.
Mazkur xizmat har xil sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarining natijalarini taxmin qilishni taklif etadi. Foydalanuvchi turli o‘yinlar uchun kuniga uchtagacha prognozni bepul shakllantirish imkoniga ega. Kunlik prognozlar sonini 5tagacha oshirish uchun, shuningdek, yetakchilari har kuni pul mukofotlari oladigan reytinglarda qatnashish uchun, foydalanuvchiga obunani (premium-maqom) rasmiylashtirish taklif etiladi. Foydalanuvchi bugungi kunning hali boshlanmagan o‘yinlari natijalarini prognoz qiladi, uning natijalariga qarab tegishli ballar oladi va bu ballar uning kundalik reytingdagi o‘rnini belgilaydi. O‘yin kuni yakuniga yetganida eng ko‘p miqdorda ball to‘plagan foydalanuvchi pul mukofotini oladi.
Barcha sovrinlar "ArBoost" MCHJ kontent-provayderi tomonidan taqdim etiladi.

Obuna narxi: kuniga 2 000 so‘m.

Ulanish: Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent https://sport.ucell.uz havolasi orqali o‘tishi, avtorizatsiya uchun o‘z telefon raqamini kiritishi, so‘ng “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 3535 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3535 raqamiga “Да”, “Yes” yoki “Ha” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni kiritish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

Xizmatni o‘chirish: Xizmat obunasidan voz kechish uchun abonent 3535 qisqa raqamiga Stop buyrug‘ini jo‘natishi zarur.

Kontent-provayder mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi (Call Center): 6767