"Gameland" xizmati
Gameland – bu ko‘ngilochar o‘yin portali bo‘lib, o‘rnatish zarurati bo‘lmagan onlayn-o‘yinlarga kirish imkonini taqdim etadi. Mazkur xizmat Windows, iOS hamda Android operatsion tizimli qurilmalarda amal qiladi. Ro‘yxatdan o‘tish va xizmatga obuna orqali o‘yinlarga kirish imkonini olish kerak bo‘ladi.
Web orqali faollashtirish uchun abonent http://game-land.uz havolasi orqali o‘tishi, so‘ng o‘z telefon raqamini kiritishi lozim. Keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni va 5190 raqamiga SMS-xabar orqali yo‘llash kerak bo‘lgan maxsus kodni o‘z raqamiga SMS-xabarda oladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 5190 raqamiga “Start” matnli SMS yo‘llashi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni javob xabarida yo‘llash lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmat pullik, kunlik obuna narxi – QQS bilan 1500 UZS.
Qo‘shimcha ma’lumotni +998 (97) 1104550 raqami yoki http://game-land.uz/ havolasi orqali olish mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 99897 110-45-50