"O'yin xizmati Train Brain"
Train Brain – miyani charxlash, xotirani va aqliy faoliyatni qiziqarli hamda o‘ynoqi shaklda rivojlantirish imkonini beruvchi onlayn xizmat. Kerakli darajani saqlab qolish uchun kuniga atigi 10-20 daqiqa kifoya. Natija 15-30 kunlik muntazam mashg‘ulotlardan keyin seziladi.
Xususiyatlari:
• Xizmat funksionali bir vaqtning o‘zida bir nechta ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan yuzdan ortiq o‘yinlarni o‘z ichiga oladi: kishining matematik qobiliyatlari, xotira, bilimdonlik, fikrlashning tezkorligi va moslashuvchanligi.
• Foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun mashqlar bir necha guruhlarga bo‘lingan. Belgilangan maqsadlarga qarab, dastur xotirani, fikrlash tezligini va e’tiborni rivojlantirish uchun mashqlar majmuasini tanlaydi.
• Qo‘shimcha motivatsiya sifatida xizmat foydalanuvchi yutuqlarini kuzatish va boshqa foydalanuvchilar bilan raqobatlashish imkonini beruvchi reyting jadvalini yuritadi.
Xizmat bilan tanishish uchun foydalanuvchi o‘yinlar katalogidan o‘zi tanlagan bitta o‘yinni o‘ynashga harakat qilish imkoniyatiga ega.
Xizmatga kengaytirilgan pullik kirish huquqini rasmiylashtirib, foydalanuvchi barcha o‘yinlar katalogiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xizmatni faollashtirish/o‘chirish tartibi:
Abonentlarga mazkur xizmatga ulanishning ikki usuli taklif etiladi:
1. SMS orqali, ya’ni 4058 qisqa raqamiga 5 raqamini jo‘natish yo‘li bilan;
2. https://uz.trainbrain.online/ saytiga o‘tish orqali ulanish mumkin.
Xizmatni o‘chirish uchun:
1. 4051 qisqa raqamiga 5 raqamini SMS tarzida yuborish kerak;
2. Qo‘llab-quvvatlash xizmatining help@triadagroup.uz manziliga murojaat yozish lozim;