"Ucell gaming" O‘yin portali
“O‘yin portali” xizmati (http://gaming.ucell.uz/) – Operator tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan xizmat. Uning doirasida Abonentlar brauzer o‘yinlari kutubxonasidan foydalanish, shuningdek, bepul musobaqada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar (reytingli o‘yinlardagi ajoyib natijalar evaziga sovrinlar yutuqli o‘yinini o‘z ichiga oladi).
O‘yinlar toifalarga bo‘linadi, shu jumladan, “bepul” va “reytingli” toifalar:
Xizmatda obuna boʻlgan Abonentlar o‘ynashi mumkin boʻlgan Reytingli oʻyinlar boʻlimi mavjud. Reytingli o‘yinlar bo‘limi maxsus tayyorlangan o‘yinlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, mazkur ro‘yxat Abonent tomonidan ballar to‘planishi mexanikasini reytingga integratsiya qilishga moslangan. Bunday o‘yinlarda to‘plangan ballar yakuniy reytingni tuzish uchun jamlanadi.
Reytingli o‘yinlar mexanikasi maksimal miqdorda ball to‘plash maqsadida takrorlanuvchi o‘yin jarayoniga asoslangan. O‘yinchilar, reytingni shakllantirishda eng yaxshi urinish hisobga olinishi uchun, takrorlashlar soni bo‘yicha cheklovsiz tarzda natijalarini yaxshilashga harakat qiladilar.
Foydalanuvchining yakuniy reytingidagi ballari soni turli reytingli o‘yinlardagi 3 ta eng yaxshi natija yig‘indisidan hosil bo‘ladi. O‘yinchi har bir o‘yinda qancha ko‘p ball olsa, uning yakuniy reytingdagi o‘rni shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar foydalanuvchi bir nechta o‘yinda bir xil miqdordagi ballga ega bo‘lsa, u holda ballar jamlanmasiga uning birinchi natijasi kiritiladi. O‘yin kuni yakunida eng ko‘p ball to‘plagan foydalanuvchi 1 000 000 so‘m sovrin oladi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 6767
Xizmatga ulanish tartibi
Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent http://gaming.ucell.uz havolasi orqali o‘tishi, avtorizatsiya uchun o‘z telefon raqamini kiritishi, so‘ng “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 3636 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.
Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3636 raqamiga “Да”, “Yes” yoki “Ha” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni kiritish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.
Xizmatni o‘chirish uchun:
Xizmatni o‘chirish uchun abonent 3636 raqamiga STOP matnli SMS yuborishi kerak.
Xizmat narxi:
Xizmatdan bir kunlik foydalanish narxi QQS bilan 4000 so‘mni tashkil qiladi.
Xizmatni narxlash 13679 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar yordamida amalga oshiriladi.