"Ucell" viktorinasi

"Ucell" viktorinasi xizmati

Viktorina o‘tkazilish muddati: 2025-yil 16-iyundan 2026-yil 15-iyungacha.

 

«Ucell» viktorinasi – bu interaktiv xizmat bo‘lib, abonentlar unda turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari hamda savollarga javoblarni to‘g‘ri va eng tez taqdim etgan holda sovrin olish uchun bellashishlari mumkin. Mazkur Viktorina lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. Viktorinada ishtirok etishdan maqsad abonentning turli bilim sohalari bo‘yicha savollarga javob berish yo‘li bilan o‘z zakovatini tekshirishidir.

Viktorina ishtirokchilari har kun davomida Yo‘riqnomalardan foydalanish imkoniga egalar, ularning har biri muayyan xususiyatlarga ega:

«50/50» – Ushbu yo‘riqnomani qo‘llaganda 2 ta noto‘g‘ri javob yashiriladi. Narxi: QQS bilan kuniga 500 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.

«Adashish huquqi» – bitta noto‘g‘ri javob hisobga olinmaydi, ishtirokchi shu savolning o‘ziga qayta javob berishi mumkin. Agar ishtirokchi to‘g‘ri javobni tanlasa, u holda yo‘riqnoma ishlatilgan hisoblanadi. Narxi: QQS bilan kuniga 500 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.

«Ishtirokchilar yordami» – tizim Viktorina ishtirokchilarining javoblari ommabopligini foizlarda ko‘rsatadi.  Narxi: QQS bilan kuniga 500 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.

«Sekinlatish» – savolga javob berishga sarflangan vaqt yarmiga bo‘linadi. Narxi: QQS bilan kuniga 500 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.

«Boshqatdan o‘ynash» – tizim raundni qaytadan o‘ynash imkonini beradi. Eng yuqori natija o‘yinchilarning yakuniy hisob-kitobida inobatga olinadi.  Narxi: QQS bilan kuniga 500 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.

Sovrin jamg‘armasi:

Viktorina o‘tkazilishining har bir kalendar kuni (Toshkent vaqti bo‘yicha 00:00:00 dan 23:59:59 gacha) natijalariga ko‘ra, to‘g‘ri javoblar miqdori va savollarga javob berish vaqti bo‘yicha dastlabki 3 (uch) o‘rinni egallagan ishtirokchilar har kuni, o‘yin kuni tugaganidan keyin bir sutka davomida aniqlanadi.

1-O‘rin – 250 000 so‘m;

2-O‘rin – 200 000 so‘m;

3-O‘rin – 150 000 so‘m.

 

Sovrinlarning qo‘shimcha yutuqli o‘yini. «Duel» mini-o‘yinlari – bu Viktorinaning qo‘shimcha yutuqli o‘yini bo‘lib, alohida turnirlar doirasida o‘tkaziladi. Unda yutuqli o‘yin o‘tkazilishigacha kamida 14 marta o‘ynagan Viktorina ishtirokchilari qatnasha oladilar.

O‘tkazilish vaqti: Yilda 1 marta.

Bosh sovrin:

500 000 0000 so‘m.

 

Viktorinaga obuna narxi: 2000 so‘m/kun.

 

Har bir yo‘riqnomaga obuna narxi: 500 so‘m/kun.

 

Ulanish:

Xizmatni web orqali faollashtirish uchun, abonent http://quiz.ucell.uz havolasi orqali o‘tishi, avtorizatsiya uchun o‘z telefon raqamini kiritishi, so‘ng “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosishi lozim. Keyin abonentga xabarda xizmat haqidagi ma’lumot hamda 3434 raqamiga SMS-xabar orqali yuborish kerak bo‘lgan maxsus kod keladi.

Shuningdek, Abonent tomonidan SMS-xabar yo‘llash vositasida ham xizmatga ulanish mumkin. Buning uchun abonent 3434 raqamiga “Да”, “Yes” yoki “Ha” matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xabar yuborganidan keyin abonent xizmat haqidagi ma’lumotni hamda faollashtirish uchun maxsus kodni SMS orqali oladi. Ulanish jarayonini yakunlash uchun shu olingan kodni kiritish lozim, shundan keyin xizmat faollashadi.

 

O‘chirish:

3434 raqamiga STOP matnli SMS yuborish

 

Narxlash 34349, 35790 raqamlaridan kiruvchi ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot bilan https://quiz.ucell.uz saytida tanishish mumkin.

 

Kontent-provayder mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi (Call Center): 6767