GB x2 promotion
9 000 000 abonentning tanloviga qo‘shiling va biz internet-trafigingizni ikki karra ko‘paytiramiz!
«Doimiy 40», «Doimiy 55», «Yangi Doimiy 70», «Doimiy 100», «Doimiy 150» va «Start 35» tarif rejalariga yangi ulanishda siz ikki karra ko‘p trafik olasiz.
Ulanishda taqdim etiladigan trafik hajmi
- Ikki karra ko‘paytirilgan internet-trafik «Doimiy 40», «Doimiy 55», «Yangi Doimiy 70», «Doimiy 100», «Doimiy 150» va «Start 35» tarif rejalariga ulanishda taqdim etiladi.
- Aksiyaning amal qilish muddati: 01.02.2024-y.dan 29.02.2024-y.gacha.
- Ikki karra ko‘paytirilgan oylik internet-trafik limitlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra belgilangan kunidan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. «Doimiy» tariflarida joriy davrda belgilangan oylik limitlarning qoldiqlari faqat abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘lansagina navbatdagi bitta davrga ko‘chirib o‘tkaziladi. Oldingi davrdan ko‘chirib o‘tkazilgan oylik limitlarning qoldiqlari faqat joriy davrning oxirigacha amal qiladi.
- Ikki karra ko‘paytirilgan internet-trafik qoldiqlari «Restart» xizmati samarali faollashganida bekor qilinadi.
- Tariflar tizimi ichidagi yuqoriroq tarifga o‘tishlarda, oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan ikki karra ko‘paytirilgan oylik internet-trafik yangilariga qo‘shiladi va toki sarflab tugatilguniga qadar yoki ularning oldingi tarif rejasiga ko‘ra amal qilish muddati tugaguniga qadar ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
- «Doimiy» tariflar tizimi ichidagi o‘tishlarda, agar abonent quyiroq tarifga o‘tsa, u holda oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan ikki karra ko‘paytirilgan oylik internet-trafik bekor qilinadi.