Taqdim etilish shartlari
• “5G tarmog‘ida cheksiz internet” xizmatidan faqat Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar.
• Cheksiz internet faqat 5G tarmog‘ida amal qiladi. 5G qamrovi hududidan tashqarida internet-trafik amaldagi tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
• Xizmatning amal qilish muddati — faollashtirilgan vaqtidan boshlab 90 kun.
• Xizmat bepul taqdim etiladi.
• Xizmat 5G tarmog‘ida eng yuqori ustuvorlik bilan faollashadi.
• Hajm bo‘yicha cheklov — har 30 kunga 1 TB. Ko‘rsatilgan hajmga yetilgach, joriy 30 kunlik davrning oxirigacha internet-bog‘lanish tezligi 5 Mbit/soniyagacha tushiriladi.
• Cheksiz internet doirasida internetni tarqatish (Hotspot) imkonsiz.
• Xizmatning amal qilish muddati va holatini *511# USSD-buyrug‘i orqali tekshirish mumkin.
• Xizmatni mustaqil o‘chirish mumkin.
• Xizmatni Bloklangan holatdagi abonentlar uchun faollashtirish imkonsiz.
• Xizmatdan faqat 5G standartidagi tayanch stansiyalarining amal qilish hududida foydalanish mumkin.
• Xizmat Prepaid tizimidagi barcha amaldagi tarif rejalarida belgilanishi mumkin.
• To‘plam 90 kunlik muddat bilan bir marta belgilanadi.
• To‘plam avtouzaytirishsiz belgilanadi.
• To‘plamni faqat Prepaid tizimi abonentlari Kompaniya ofislarida Samsung smartfonini xarid qilganda bir marta faollashtira oladilar.
• Internet-to‘plam faollashtirilganidan 90 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i bekor qilinadi.
• Qolgan MBlar miqdorini *107# USSD-so‘rovi orqali tekshirish mumkin.
• To‘plam bepul hisoblanadi.
• Tarifni almashtirganda, toki muddati o‘tmagunicha MBlar bekor qilinmaydi.
• To‘plamni faqat Kompaniyaning o‘z ofislarida ulash mumkin.
• To‘plamni o‘chirish imkonsiz.
• To‘plamdan faqat raqam Faol holatida foydalanish mumkin.