«Jismoniy shaxslar uchun sug‘urta xizmatlari» servisi

  Bu o‘z hayotingizni va yaqinlaringiz hayotini yanada barqaror va himoyalangan qilish imkoniyatidir. Shunchaki *801# terib va sug‘urta xizmatini ulatib, siz baxtsiz hodisalarga qarshi ishonchli himoya ostida bo‘lasiz. Sug‘urta davri mobaynida yuz bergan va quyidagi oqibatlarga olib kelgan sug‘urta hodisalari sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi:

 travmatik shikastlar va/yoki salomatlik buzilishi;
 umumiy mehnatga layoqatlilikning doimiy butkul yo‘qotilishi (nogironlik);
 o‘lim.

Ulatish uchun kod: *801#
Ulatish narxi – 5000 so‘m/oy. Sug‘urta miqdori – 10 000 000 so‘mgacha.

Servis abonent raqami egasiga taqdim etiladi.

Mazkur servis xizmatlarini «Play Mobile» MChJ kontent-provayderi ko‘rsatadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://playmobile.uz/terms4
Sug‘urta xizmatlari «Apex Insurance» MChJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 20.04.2019-y.da berilgan, SF №00241 raqamli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi asosida taqdim etiladi.

  Avtomobilni mikrosug‘urtalash (Kasko) – bu transport vositasini sug‘urtalashning ixtiyoriy turidir. *801# terib va ushbu tur sug‘urtani xarid qilib, Siz himoyalanganlik hissiyotiga va xotirjamlikka ega bo‘lasiz. Avtomobilni mikrosug‘urtalash (Kasko) – bu har qanday holatda (hattoki YTH aybdori bo‘lsangiz yoki o‘zingiz bilmasdan o‘z mashinangizga YTHsiz ziyon yetkazib qo‘ysangiz ham) Sizning avtomobilingiz ta’miri uchun xarajatning sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanishidir.

Ulatish uchun kod: *801#
Ulatish narxi – 25000 so‘m/oy. Sug‘urta miqdori – 2 000 000 so‘mgacha.

Xizmatni ulashda raqami kiritilgan avtomobil sug‘urtalangan hisoblanadi. 

Mazkur servis xizmatlarini «Play Mobile» MChJ kontent-provayderi ko‘rsatadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://playmobile.uz/terms3
Sug‘urta xizmatlari «Apex Insurance» MChJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 20.04.2019-y.da berilgan, SF №00241 raqamli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi asosida taqdim etiladi.

  #Quadro dasturi bo‘yicha mol-mulkni sug‘urtalash – faqat Ucell abonentlariga taqdim etiluvchi, hamkorlikdagi yangi servis! Hozirgi voqelikda ertangi kunga ishonch hissi juda muhim. #Quadro dasturi bo‘yicha mol-mulkni sug‘urtalash bilan Siz quyidagi sug‘urta hodisalarida 50 million so‘mgacha sug‘urta badali olishingiz mumkin:

 Yong‘in;
 Zilzila;
 Portlash;
 Chaqmoq urishi.

Ulatish kodi: *801#
Ulatish narxi – 25 000 so‘m.
Sug‘urta himoyasining amal qilish muddati – 6 oy.
Sug‘urta miqdori – 50 000 000 so‘mgacha.

Foydalanuvchilarga qulaylik uchun mol-mulk manzili o‘rniga elektr energiyasi foydalanuvchisining shaxsiy hisobi identifikatsion raqamini kiritish kifoya. Bir marta ulatgandan so‘ng avtomatik obuna yoqiladi, xohish bo‘yicha uni USSD-menyu orqali bekor qilish mumkin.

Mazkur servis xizmatlarini «Play Mobile» MChJ kontent-provayderi ko‘rsatadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin
Sug‘urta xizmatlari «Apex Insurance» MChJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 20.04.2019-y.da berilgan, SF №00241 raqamli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi asosida taqdim etiladi.

 

  AJISQ polislari transport vositalari egalari uchun qo‘shimcha va kengaytirilgan sug‘urta himoyasi bo‘lib xizmat qiladi va TVEFJMSQ (AFJMSQ) polislarining mantiqiy to‘ldiruvchisi hisoblanadi.

 Avtofuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sug‘urta qilishning asosiy afzalligi talafotni qoplab berishda limitning sezilarli darajada kengayishidir, ya’ni, sug‘urta holatida sug‘urta kompaniyasi standart AFJMSQ polisi qoplamaydigan nisbatan yirik ziyonlarni ham qoplab beradi.
 AJISQ polisi bilan haydovchi mashinalar oqimida haydab ketayotib, yo‘ldagi oldindan ko‘rilmagan vaziyatlardan himoyalangan bo‘ladi. Shu bilan birga, bunday polislar narxi unchalik baland emas, sug‘urta himoyasi darajasi esa sezilarli yuqori.

Ulanish kodi: *801#
Ulanish narxi – 5000 so‘m/oy. Sug‘urta miqdori - 20 000 000 so‘mgacha.

Mazkur servis xizmatlarini «Play Mobile» MChJ kontent-provayderi ko‘rsatadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://playmobile.uz/terms1
Sug‘urta xizmatlari «Apex Insurance» MChJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 20.04.2019-y.da berilgan, SF №00241 raqamli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi asosida taqdim etiladi.