| Xizmat nomi | Xizmat haqida ma’lumot | Xizmat raqami | QQS bilan narxi |
|---|---|---|---|
| “Artist Show” |
Xizmat tavsifi: Ovoz berish muddati: 20.05.2024 dan 31.12.2025 gacha “Artist Show” – Zo‘r TV telekanalidagi musiqiy televizion tanlov. Ushbu musiqiy televizion tanlovda san’atkorlar o‘z iste’dodini namoyish etmoqda. Abonentlar o‘zlari yoqtirgan san’atkorga SMS ovoz berish orqali ovoz berishlari mumkin. SMS ovoz berishda qatnashgan har bir abonent yutuqli oʻyinda ham ishtirok etadi va quyidagi sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi: Haftada 1 ta SMS yuborgan abonent haftalik yutuqli o‘yinda ishtirok etadi va smartfon yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Tanlov davomida 15 ta va undan ortiq SMS yuborgan abonent tanlov yakunida boshlanadigan lotereyada avtomobil yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xizmatdan operator tarmog‘ining barcha Prepaid abonentlari foydalanishlari mumkin. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati: +99893 6550053 Xizmatga ulanish / o‘chirish tartibi (“Artist show”da ovoz berishda qatnashish): Sevimli ijodkoriga ovoz berish uchun abonent 5000 qisqa raqamiga maxsus ishtirokchi kodini yuboradi. Har bir chiquvchi xabar narxi – QQS bilan 3300 so‘m. Xizmat obunali emas, obunani bekor qilish talab etilmaydi. 5000 qisqa raqamiga SMS yuborish abonentning ovoz berish shartlariga to‘liq roziligini, shuningdek, Tashkilotchidan axborot va ma’rifiy SMSlar olishga roziligini bildiradi. Barcha sovrinlar va g‘oliblarni tanlash kontent-provayder zimmasida. G‘olibni tanlash va sovrinlarni taqdim etishga operator mas’ul emas. |
5000 | 3300 so‘m/har bir xabar |