TAS-IX

TAS-IX hududiga tez-tez kirib turasizmi?

Film, futbol ko‘rish yoki yangiliklarni o‘qishda smartfondan foydalanasizmi?
To‘plamlardan birini xarid qiling va TAS-IX hududida 30 kunlik internet-trafikka ega bo‘ling.


Ucell Mobil ilovasida TAS-IX paketlari uchun qolgan trafikni faollashtirishingiz va kuzatishingiz mumkin

To‘plam bekor qilingan holda yig‘ilgan barcha internet-trafik qoldig‘i bekor qilinadi..

TAS-IX

8 000 MB
Internet-trafik muddati: 30 kun
10 000 so'm

TAS-IX

14 000 MB
Internet-trafik muddati: 30 kun
15 000 so'm

TAS-IX

20 000 MB
Internet-trafik muddati: 30 kun
20 000 uzs
Paket haqida ma'lumot

Xizmat shartlari

  • Xizmatlar to‘plamlari faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
  • Xizmatni ulatish, uni boshqarish va bekor qilish *616# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi.
  • Xizmat belgilanganidan boshlab 30 kun amal qiladi. Amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, undan yana foydalanish uchun *616# USSD-so‘rovi orqali qaytadan ulatish kerak.
  • Agar xizmatning belgilanish vaqtida hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi.
  • To‘lov xizmatning amal qilish davri uchun bir martalik shaklda yechib olinadi.
  • Agar abonent «Marhamat» TRda bo‘lsa, yoki abonentda "Soatbay internet", "Tungi internet", iTV onlayn-kinoteatri, Mediabay onlayn kinoteatri xizmatlari ulangan bo'lsa, bu xizmatni faollashtira olmaydi.
  • Agar abonentda tarif rejasi doirasida TAS-IX uchun internet-trafik mavjud bo‘lsa, dastlab «TAS-IX uchun internet-to‘plam» xizmati bo‘yicha berilgan internet-trafik sarflanadi.
  • Internet-to‘plam amal qilish muddati tugashi bilan, megabaytlar qoldig‘i saqlanmaydi.
  • To‘plamga kiritilgan trafik yoki uning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, trafik abonentning tarif rejasi shartlariga ko‘ra narxlanadi.
  • Tarif rejasini almashtirganda, mazkur xizmatning taqdim etilish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Internet-to‘plamning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun (agar to‘plamni faollashtirish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz) internet-sessiyani to‘xtatib, internet-to‘plamni ulatishingiz va shundan keyin internetda ishlashni yana davom ettirishingiz lozim.
  • Saytlardan (jumladan, TAS-IX saytlaridan ham) yuklanib olinadigan torrent-fayllar (yuklash fayli, torrent-protokollar, bittorent) barcha yo‘nalishlar uchun belgilangan internet-to‘plam doirasidagi internet-trafikni yoki tarif rejasining shartlariga muvofiq hisobdagi mablag‘ni sarfalaydi.
  • TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
  • Shuni yodda tutingki, to‘g‘ri IP-manzilga ega saytlarni shaxsiy kompyuter yoki boshqa qurilmalardan yuklaganda, saytlarda uchinchi tomon animatsion reklamasi yuklanishi va shu sababdan asosiy hisobingizdan qo‘shimcha pul mablag‘i sarflanishi mumkin.
  • Smartfon yoki planshet orqali Internetdan foydalanganingizda asosiy hisobingizdagi pul mablag‘i fondagi ma’lumotni yuklashga ham sarflanadi (ilovalarning yangilanishi, messenjerlardan xatlar va boshqalar).
  • Internet-trafik uchun qo‘shimcha pul mablag‘lari sarflanishining oldini olish maqsadida, abonentga TAS-IX hududiga kirmaydigan resurslardan foydalanish uchun internet-to‘plamlardan birinni ham xarid qilish tavsiya etiladi.
  • Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.