Endi Ucell aloqasi yer osti metrosinig barcha bekatlarida mavjud.
Onlaynda bo‘ling, videolar tomosha qiling, musiqa tinglang, yer osti metrosidan qo‘ng‘iroqlar qilib do‘stlaringizni hayratda qoldiring.
To‘plamlar:
1 kun
1000 so'm
30 kun
10 000 so'm
Ucell Metro
1 kun
1 000 so‘m
Metroda Ucell
30 kun
10 000 so‘m
Paket haqida ma'lumot
Xizmat shartlari:
Internet-to‘plam faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlariga va raqam Faol holatda bo‘lganida belgilanadi.
Internet-to‘plamni 05:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan davrda faollashtirish mumkin.
Aksiya doirasida belgilangan internet-trafik belgilangan vaqtdan boshlab 05:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
Internet-to‘plamning amal qilish muddati – faollashtirilgan vaqtdan boshlab 24 soat.
Internet-to‘plamni *600# USSD-so‘rovi vositasida boshqarish mumkin.
Agar xizmatning belgilanish vaqtida hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi.
To‘lov xizmatning amal qilish davri uchun bir martalik shaklda yechib olinadi.
Agar abonent hisobida internet-to‘plamlar/xizmatlar yoki tarif rejasi bo‘yicha ajratilgan internet-trafik mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda «Ucell metroda» aksiyasi doirasida taqdim etilgan Internet-trafik sarflanadi.
«Ucell metroda» xizmati faol bo‘lgan taqdirda, qayta faollashtirish mumkin emas.
Internet-to‘plam o‘chirilganda internet-to‘plam doirasida taqdim etilgan trafik nolga tenglashtiriladi.
Belgilangan internet-trafik faqat yer osti metrosida amal qiladi. Yer osti metrosidan chiqib ketayotganda, trafik tarif rejasiga muvofiq narxlanadi. Agar abonent kun davomida metroga qayta tushsa, trafik bonusli trafikdan sarflanadi. Bunda, metroga kirgandan so‘ng mobil qurilmani «Avia rejimi»ga o‘tkazish yoki telefonni o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi.
Taqdim etilgan internet-trafik tugagandan so‘ng yoki internet-to‘plamning amal qilish muddati tugagach, internet tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, undan yana foydalanish uchun *600# USSD-so‘rovi orqali qaytadan ulatish kerak.
Internet-to‘plam «Special Unlim», «Special Unlim turbo» tarif rejalarida va «TAS-IX», «Soatbay Internet», «Tungi Internet», «Tungi Internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Maksimal internet», «Cheksiz Internet-to‘plamlar», «Oylik 4G Internet-to‘plamlar», «Tunda 4Gni sinab ko‘r» xizmatlari faol bo‘gan holda amal qilmaydi.
«Trafik+» va «Ucell metroda» xizmatlari bir vaqtda yer osti metrosida faol bo‘lgan holatda, trafik sarflanishi birinchi navbatda «Ucell metroda» xizmati doirasida amalga oshiriladi.
«Ucell metroda» aksiyasi doirasidagi internet-trafikdan 3G va 4G tarmoqlarida foydalanish mumkin.
Yer osti metro bekatlarida 2G tarmog‘i amal qilmaydi.