- Aksiya faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari uchungina amal qiladi.
- Aksiya barcha oylik internet-to‘plamlar hamda 10 000 so‘mga 2 GB, 8000 so‘mga 1 GB va 15 000 so‘mga 3 GB xizmati foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
- Internet-trafikni qayta tiklash uchun *575# USSD-so‘rovini terish va menyu ko‘rsatmalariga amal qilish lozim.
- Qayta tiklangan internet-trafik «Oylik internet-to'plam» internet-balansiga taqdim etiladi.
- Qayta tiklangan internet-trafik balansining qoldig'ini tekshirish uchun *107# USSD-so'rovini jo'natish lozim.
- «Oylik internet-to‘plamlar» va 10 000 so‘mga 2 GB, 8000 so’mga 1 GB va 15 000 so’mga 3 GB to‘plam xizmatlari doirasida ishlatilmay qolgan internet-trafikni, muddati tugaganidan keyingi 7 kun mobaynidagina qayta tiklash mumkin.
- Internet-trafikni nolga teng bo’lgan kunning ertasiga qayta tiklash mumkin.
- Aksiya doirasida qabul qilingan trafik 10 kundan keyin nolga teng bo‘ladi.
- Avval tiklangan internet-trafikni «Megabaytlar qaytadi» xizmatidan yana foydalangan holda qayta tiklash mumkin.
- Hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa aksiyadan foydalanib bo‘lmaydi.
- Aksiyadan foydalanish evaziga to‘lov bir marta yechiladi.
- Mazkur xizmat “Marhamat”, “Tantana”, “Katta Tantana”, “Start 10”, “Ovoz 15”, “Internet 60” tarif rejalarida hamda “Active”, “COSMO”, “Special”, “Sof” tariflar tizimlarida (“Sof 150”, “Special Unlim” tariflaridan tashqari) amal qiladi.
- Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!