«KEEP TALK SRV» - bu Ucell ofislarida xarid qilingan smartfonlar uchun kengaytirilgan kafolat xizmati. Mazkur xizmat yordamida siz qurilmani tasodifiy tushib ketish, ekran chatnashi, suv va olov tufayli zararlanishi kabilardan, shuningdek buzilishlardan ishlab chiqaruvchi kafolati bo‘yicha himoyalay olasiz. Smartfonda shikast yuzaga kelganida Mijoz Ucell sotuv ofisiga tashrif buyurib, ariza to‘ldirishi va zararlangan qurilmasini kafolat xizmati Sertifikatiga almashtirishi mumkin, u esa Ucell ofisida darhol yangi smartfon xarid qilish imkonini beradi.




Mijoz «Keep Talk SRV» kafolatini smartfonni xarid qilgan kuni Ucell sotuv ofislarida rasmiylashtirishi mumkin. Rasmiylashtirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.
Kafolat sertifikatining amal qilish muddati – xarid vaqtidan boshlab 1 yil. Amal qilish muddatining boshlanishi Xizmat haqi to‘langan sana hisoblanadi.
Xizmatdan foydalanish uchun tovarlar toifasi – smartfonlar.
365 kunga Xizmat narxi: tovar narxining 12% qismi.
Mijoz sug‘urta hodisasi bo‘yicha murojaat etganida kompensatsiya miqdori:
| Xizmatning amal qilishi boshlangan vaqtdan boshlab Xaridorning murojaat qilishigacha bo‘lgan muddat | Yangi Tovar xaridida beriladigan Kafolat sertifikati ko‘rinishidagi kompensatsiyaning shikastlangan Tovar qiymatidan miqdori |
|---|---|
| 1 dan 90 kungacha | 70% |
| 90 dan 180 kungacha | 60% |
| 181 dan 270 kungacha | 50% |
| 271 dan 366 kungacha | 40% |