KRON TELEKOM NETVORK

 
Xizmat nomi Xizmat haqida Xizmat raqami Xizmat narxi, QQS bilan
Web
music.cmc.uz interaktiv veb-pleyer Xizmat o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
  • http://music.cmc.uz saytiga kirish
  • Verifikatsiya kodi bilan SMS qabul qilish
  • Xizmat samarali faollashtirilganligi haqida, hamda xizmat haqida qisqacha ma’lumot berilgan SMS-xabarnoma olish.

28.04.2026 y.dan keyin xizmatga ulanish istagini bildirgan abonentlar uchun servisga ulanish vaqtincha mavjud emas.

Xizmatga obunani bekor qilish uchun, STOP MUSIC ni 2354 raqamiga yuborish lozim.
http://music.cmc.uz veb-saytida foydalaniladigan barcha internet-trafik abonent tomonidan tarif rejasi doirasidagi Ucell-internet narxiga muvofiq yoki xarid qilingan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan batafsil quyidagi saytda tanishish mumkin: http://cmc.uz/

Interaktiv veb-pleyer – bu Ucell kompaniyasi abonentlari uchun sifatli mahalliy va xorijiy musiqalarni tinglash uchun katta mediatekaga kirish imkoniyatini beradi. Bir martalik kunlik abonent to’lovi evaziga, abonent cheklovlarsiz eng ommabop yangi xitlarni tinglashlari mumkin. Xizmatdan faqat iOS va Android platformalarida ishlaydigan smartfonlarda foydalanish mumkin.
Abonent obunasining muddati chegaralanmagan, u xizmatni bekor qilgungacha amal qiladi.
Xizmatning URL manzili: music.cmc.uz
1587 2354 1500 so‘m/kun
IVR xizmatlar
IVR-portal

Duv-duv gap – bu ovozli interaktiv portal bo‘lib, u yerda siz ovozli chat orqali qiziqarli insonlar bilan tanishishingiz yoki interaktiv pleyer yordamida onlayn rejimda zamonaviy taronalarni tinglashingiz mumkin.
777 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, portal xizmatlaridan foydalaning.

28.04.2026 y.dan keyin xizmatga ulanish istagini bildirgan abonentlar uchun servisga ulanish vaqtincha mavjud emas.


Mazkur xizmat 1450 qisqa raqamidan narxlanadi. Ushbu xizmatni o‘chirish uchun abonent 1427 qisqa raqamiga STOP777 matnini jo‘natishi lozim. Abonent bunda IVR777 raqamidan bepul xabar oladi. Biror obuna mavjudligini tekshirish uchun abonent 1427 qisqa raqamiga bepul xabar tarzida “info” so‘zini yuborishi mumkin, javoban u kontentga obuna bor-yo‘qligi haqida 1427 qisqa raqamidan bepul xabar oladi.

*IVR-xizmatni o'chirish holatida, 5 kun davomida xizmatga qayta ulanishga cheklov o'rnatiladi.

777,  1478, 1427 1000 so‘m/kun
RBT
RBT My Music

“RBT My Music” platformasi abonent to‘lovi evaziga platformadagi barcha taronalarni tinglash imkonini taqdim etadi: 24 soatlik kirish – 1000 so‘m; 12 soatlik kirish – 500 so‘m (faqat Prepaid abonentlari uchun).

Abonent yagona to‘lov evaziga kun davomida taronalarni cheklanmagan miqdorda almashtira oladi. Bepul davr – 3 kun.

Foydalanuvchi xizmatni va o‘rnatilgan taronani quyidagi foydalanuvchi interfeyslari vositasida boshqarishi mumkin: http://rbt.cmc.uz web-sayti hamda IVR (8080).

Xizmatni yoqish/o‘chirish tartibi:

Yoqish usullari:

IVR 8080 orqali: Foydalanuvchi xizmatning 8080 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi, keyin, ovozli menyu (IVR) ko‘rsatmalariga rioya etib, xizmatning taqdim qilinishi va taronalarni boshqarish shartlari bilan tanishib, ularning tanlangan toifasiga o‘tadi.

Web-sayt orqali: Foydalanuvchi “RBT” xizmatining http://rbt.cmc.uz veb-saytiga kiradi, taronalar to‘plami hamda xizmatning taqdim etilishi shartlari bilan tanishadi, SMS-xabar vositasida OTP qo‘llagan holda avtorizatsiyadan o‘tadi.

28.04.2026 y.dan keyin xizmatga ulanish istagini bildirgan abonentlar uchun servisga ulanish vaqtincha mavjud emas.

Xizmatning taqdim etilishi:

Foydalanuvchi tomonidan tarona tanlanganidan so‘ng, foydalanuvchining “RBT” platformasidagi akkaunti faol holatda bo‘lganida, standart ChYN (gudok)ni almashtirish uchun tanlangan tarona o‘rnatiladi va tarona samarali almashgani haqida (SMS-xabar vositasida) bildirishnoma keladi. Keyin, foydalanuvchiga (B abonentga) qo‘ng‘iroq qilganida, chaqiruvchi abonent (A abonent) standart ChYN (gudok) o‘rniga foydalanuvchi tomonidan tanlangan taronani eshitadi.

O‘chirish usullari:

- Xizmatning http://rbt.cmc.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali;

- IVRdagi xizmatni boshqarish menyusi orqali;

- 8080 qisqa raqamiga SMS-kodlar (STOP, STOP1) yo‘llash vositasida o‘chirish.

Xizmat narxi:

24 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 1000 UZS.

12 soat davomida foydalanish uchun – QQS bilan 500 UZS. 

Abonentga xizmatdan foydalanishning bepul davri taqdim etiladi – 3 kun. Xizmat bo‘yicha narxlash 1570 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS yordamida amalga oshiriladi.

Narxlash shartlari:

Xizmatdan foydalanish uchun abonent 1570 ko‘rinmas qisqa raqamidan har biri 500 UZS qiymatli 2 (ikkita) SMS-xabar olish yo‘li bilan 1000 UZS hajmidagi abonent to‘lovini to‘laydi.

Ikkita SMS samarali yetkazilgan taqdirda, abonentga portaldan 24 soatlik foydalanish imkoni taqdim etiladi. 1 SMS yetkazilsa, foydalanish imkoni 12 soatga taqdim etiladi.


 
8080,  1570 1000 so‘m/kun

Kontent-provayder mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi: +998 71 200-45-55. Sayt: www.cmc.uz

    KRON TELEKOM NETVORK