Agar abonent xizmatni soat 03:00 da faollashtirsa va bunda faollashtirish paytida xizmatga ulanganlik uchun 421 so‘m miqdorida to‘lov yechib olingan bo‘lsa, u holda xizmat joriy sutkadagi soat 09:00 gacha, shuningdek keyingi sutkalardagi soat 01:00 dan to abonent to‘lovi yechilish paytigacha amal qiladi.
Agar abonent xizmatni soat 23:00 da faollashtirsa va bunda faollashtirish paytida xizmatga ulanganlik uchun 421 so‘m miqdorida to‘lov yechib olingan bo‘lsa, u holda xizmat keyingi sutkalar uchun abonent to‘lovi yechilish paytigacha amal qiladi.
Bunda, xizmat soat 01:00 dan to 09:00 gacha amal qilishini inobatga olish lozim.
Xizmat faqat Faol holatdagi Prepaid tizimi abonentlari uchun taqdim etiladi;
Amaldagi tarif rejasi o‘zgartirilganda xizmatni bekor qilish va unga qaytadan ulanish zarur;
Agar xizmatni faollashtirish paytida internetdan foydalanoytgan bo’lsangiz, xizmatning to’g’ri taqdim etilishi maqsadida internet-sessiyani to’xtatib, qaytadan ulanish tavsiya etiladi.
Agarda abonent raqamida tarif yoki to‘plam doirasidagi ishlatilmagan megabaytlar mavjud bo‘lib, "MEGA BOOM" xizmati faollashtirilgan bo‘lsa, u holda trafik sarflanishi birinchi navbatda xarid qilingan megabaytlar hisobidan amalga oshiriladi.
Dastlabki abonent to‘lovi xizmatga ulanilgandan keyingi kun soat 00:01dan so‘ng yechib olinadi. Abonent to‘lovi yechish vaqtida abonent hisobida 421 so‘mdan kamroq mablag‘ qolgan bo‘lsa, "Internet Mega BOOM" xizmati amal qilmaydi. Xizmat keyingi kun soat 00:01dan so‘ng abonent to‘lovi yechilishi bilan amal qila boshlaydi.
Diqqat: Agar abonentning internet balansida bepul trafik bo‘lsa, birinchi O‘rinda internet balansning bepul megabaytlari ishlatiladi.