(Ommaviy oferta)
“COS้า� System: COM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya) Foydalanuvchilarga quyidagi shartlar asosida ushbu Ommaviy ofertani (keyingi o‘rinlarda – Oferta) tuzishni taklif qiladi.
Foydalanuvchi Oferta shartlari o‘zi tomonidan hech qanday e’tirozlarsiz qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Ilovadan foydalanishda, Foydalanuvchi shaxsga doir ma’lumotlarning Kompaniya tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi.
Oferta ikki tomonlama imzo talab qilmaydi va elektron shaklda amal qiladi.
Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma‘lumotlarini, jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, aloqa telefoni, qo‘shimcha aloqa telefon raqami, elektron pochta manzili va Ilovadan foydalanishda Foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan boshqa ma‘lumotlarni qayta ishlaydi.
Kompaniya shaxsiy ma‘lumotlarni quyidagi usullarda qayta ishlaydi: to‘plash, ro‘yxatga olish, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (ta’minlash, kirish), shaxsiylashtirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish.
Ushbu Ofertani qabul qilish orqali, Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlash uchun Kompaniyaga roziligini bildiradi:
“Xodimlar nazorati” ilovasi Foydalanuvchining joylashuv ma’lumotlarini quyidagi tarzda so‘rov qiladi, ishlatadi va qayta ishlaydi:
Ilovadan foydalanish va uni o‘rnatishda Foydalanuvchi to‘g‘risidagi quyidagi statistik ma‘lumotlar (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi ma’lumotlari) to‘planadi, jumladan:
Ilovadan foydalangan holda, Foydalanuvchi Kompaniyaning Google Analytics, Google Firebase, Appmetrica tizimlari tomonidan keyinchalik qayta ishlash uchun Foydalanuvchi haqidagi statistik ma‘lumotlar va Foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanishi mumkinligiga rozilik beradi.
Kompaniya Foydalanuvchining shaxsga doir ma‘lumotlarini faqat ular taqdim etilgan maqsadlarda qayta ishlaydi.
Qayta ishlash maqsadlariga erishilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar yuzaga kelganda, Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari yo‘q qilinadi.
Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini, shu jumladan, ular bilan cheklanmagan holda amalga oshirishga haqli:
Kompaniya Foydalanuvchiga shaxsga doir ma‘lumotlarni qayta ishlash jarayonida tegishli himoyani kafolatlaydi.
Kompaniya shaxsiy ma‘lumotlarni ularga ruxsatsiz yoki tasodifiy kirishdan, shuningdek shaxsiy ma‘lumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni qo‘llaydi.
Foydalanuvchi Kompaniya tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan butun davr mobaynida uning shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.