"Mening xarajatlarim" xizmati bilan o‘z hisobingizni nazorat ostida tuting!
Hisobdagi pullar nimalarga sarflanganini bila olmayapsizmi? *411# USSD-so‘rovini yuboring va so’rov yuborilgan kun hamda ohirgi 2 kun uchun hisobdagi barcha o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil hisobot ko‘rsatilgan tafsilotga buyurtma bering.
1 so‘rov narxi - 126.3 so‘m.
Xizmatdan faqat Prepaid abonentlari foydalana oladilar. Xizmatdan Faol holatdagi abonentlar foydalana oladilar. Xizmat doirasidagi so‘rovlar miqdori – sutkada 5 martagacha. Tafsilotlar so’rov yuborilgan kun hamda ohirgi ikki kunlik davrni o’z ichiga oladi. Hisobotlarni PDF, Excel и Html formatlarida olish mumkin.
Tafsilotda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
Boshlanish vaqti (abonent raqami bo'yicha barcha kiruvchi va chiquvchi hodisalarning boshlanish sanasi va vaqti);
Narxlanish vaqti (hisob o'zgarishi sanasi va vaqti);
Asosiy balans (harakat boshlanishidan oldin mablag’ qoldig'i);
Harakat (barcha kiruvchi va chiquvchi hodisalar);
Abonent raqami (qaysi raqamga yoki qaysi raqamdan harakat amalga oshirilgan);
Hisobga olingan (ishlatilgan kilobaytlar, soniyalar, SMSlar yaxlitlash bilan);
Birlik (harakat turiga qarab: ma'lumotlarni uzatish - kilobayt; ovozli aloqa - soniya; SMS xabarlar - dona);
Balans nomi (asosiy balans yoki xarajat qilingan limit turi);
Dastlabki balans (harakat amalga oshirilgunga qadar abonentning so‘mdagi qoldig‘i yoki MB, daqiqa, SMS qoldig‘i);
Sarflangan hisob (yechilgan mablag'lar miqdori yoki foydalanilgan MB, daqiqalar, SMSlar soni);
Balans qoldig‘i (harakatdan keyin abonentning so‘mdagi qoldig‘i yoki MB, daqiqalar, SMS qoldig‘i);
Birlik (harakat turiga qarab: asosiy balansning o'zgarishi - so'm; ma'lumotlarni uzatish - megabayt; ovozli aloqa - daqiqa; SMS xabarlar - dona).
Tafsilotni so‘rash *411# USSD-kodini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hisobotni tuzishga so‘rov berilgach, batafsil hisobotga havola* sizga SMS vositasida yuboriladi.
.* Tuzilgan hisobotga havola batafsil hisobotni ko‘rgandan keyin ishlamaydi.