«Noyabrda Yangi yil!» aksiyasi



Aksiya 
Ucell mobil ilovasining 1.21-versiyasida amal qiladi. 
Ucell ilovasining yangilangan versiyasini o‘rnatib oling va noyabringizni yorqinlashtiring!


14.11 – 15.12.2024-y. davrida “Noyabrda Yangi yil!” aksiyasi doirasida balansga 5 000 so‘m va 30 kunga 100 GB internet-trafik sovg‘a oling1!
 
 
Aksiyada ishtirok etish uchun, uning o‘tkazilishi davrida yangi bank kartangizni Ucell mobil ilovasiga bog‘lang va Ucell abonenti raqamini balansini to‘ldiring!
Yangi bog‘langan bank kartasidan balansi istalgan miqdorga to‘ldiriladigan abonent raqami o‘z abonent raqami balansiga 5 000 so‘m hamda 30 kunga 100 GB internet-trafik oladi!


 
1Aksiyada Ucell mobil ilovasining Prepaid tariflaridagi yangi foydalanuvchilari singari, mavjud foydalanuvchilari ham ishtirok eta oladilar.
• Aksiyaning o‘tkazilish davri: 14.11 – 15.12.2024-y.
• Aksiyada Ucell mobil ilovasining Prepaid tarif rejalaridagi yangi foydalanuvchilari singari, mavjud foydalanuvchilari ham ishtirok eta oladilar.
• Aksiyada ishtirok etish uchun yangi, avval Ucell mobil ilovasida ishlatilmagan bank kartasini qo‘shish (bog‘lash) va Ucell abonenti raqamining balansini istalgan miqdorga to‘ldirish lozim.
Yangi bog‘langan bank kartasidan balansi istalgan miqdorga to‘ldiriladigan abonent raqami o‘z abonent raqami balansiga aloqa xizmatlariga to‘lash uchun 5 000 so‘m hamda 30 kunga 100 GB internet-trafik oladi.
• Aksiya bo‘yicha 100 GBlik bonus trafik qoldig‘ini quyidagicha tekshirish mumkin:
     • Ucell mobil ilovasining Asosiy ekranidagi “To‘plamlar bo‘yicha qoldiqlar” bo‘limida;
     • *107# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natish vositasida. *107# so‘rovi orqali tekshirishda, barcha internet-sessiyalar yopilgan vaqtdagi megabaytlar qoldig‘i ko‘rsatiladi.
• Aksiya shartlari unikal foydalanuvchilarga tatbiq etiladi;
• Aksiya doirasida, bitta ishtirokchi Aksiya shartlariga binoan pul mablag‘larini va internet-trafikni faqat bir marta olishi mumkin;
• Aksiya doirasida taqdim etiluvchi internet-trafik tarif rejasi va/yoki boshqa xizmat doirasida taqdim etiluvchi internet-trafik bilan umumlashtirilmaydi va faqat amal qilish davrining oxirigacha amal qiladi. Internet-trafikning amal qilish muddati tugagach, trafik qoldig‘i bekor qilinadi;
• Mazkur Aksiya shartlariga ko‘ra belgilangan internet-trafik sarflanishda eng yuqori ustuvorlikka ega: tarif rejasi va/yoki qo‘shimcha internet-to‘plam bo‘yicha limitlar mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda mazkur Aksiya shartlariga ko‘ra belgilangan internet-trafik (eng yuqori ustuvorlik), keyin esa – o‘rnatilgan ustuvorligiga ko‘ra tarif rejasi va boshqa xizmatlar doirasida trafik mavjud bo‘lsa sarflanadi;
• Aksiya bo‘yicha internet-to‘plamni faollashtirish ssenariysiga muvofiq, yuqorida ko‘rsatilgan shartlar bajarilganida Aksiya doirasidagi internet-trafik avtomatik tarzda belgilanadi va Ucell mobil ilovasida aks etadi;
• Aksiya doirasida taqdim etiluvchi internet-trafikdan faqat raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin, bunda uni roumingda ishlatib bo‘lmaydi.