24.04.2024-y.dan Honor 90 Lite 8/256 smartfonini «Trade In» aksiyasi bo‘yicha 3 oyga «Doimiy 50» tarif rejasi bilan to‘plam holida xarid qilib bo‘lmaydi.
«HONOR 90 lite 8/256 GB» + 3 oyga “Doimiy 55”
3 199 000 so‘m
To‘plam uchun kafolatlangan chegirma 600 000 so‘m
1-qadam — Smartfoningizni Ucell ofisiga olib keling. Xodimlarimiz smartfoningizni baholash ishlarini o‘tkazishadi va uni sotib olishning aniq qiymatini aytishadi.
2-qadam — “Trade In” dasturi aksiyasi bo‘yicha yangi HONOR smartfonlaridan birini tanlang.
3-qadam — Yangi smartfon xarid qilish uchun narxidagi farqini – naqd pulda yoki bank kartasi orqali to‘lang, yoxud muddatli to‘lov rasmiylashtiring.
Misol uchun:
Siz “Trade In” bo‘yicha almashtirish uchun eski iPhone 7 128 GB olib kelasiz. Agar baholash natijalariga ko‘ra eski gadjetingiz a’lo holatda bo‘lsa, uning sotib olish qiymati 850 000 so‘mni tashkil qiladi.
Bunday holatda, yangi HONOR 90 Lite 8/256 GB smartfonining qiymati quyidagicha hisoblanadi: 3 199 000 so‘m (Ucell peshtaxtasidagi HONOR 90 Lite 8/256 GB narxi) – 850 000 so‘m (ishlatilgan smartfon qiymati) – 600 000 so‘m (“Trade In” aksiyasi bo‘yicha chegirma) = 1 749 000 so‘m
Qoldiqni siz naqd to‘lashingiz yoki muddatli to‘lov rasmiylashtirishingiz mumkin.
Aksiya bo‘yicha smartfonlarni xarid qilish uchun, abonent (jismoniy shaxs) Kompaniyaning rasmiy ofislaridan biriga murojaat etishi lozim. Abonentning yonida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak.
Aksiya butun Respublika bo‘ylab Kompaniyaning o‘z ofislarida amal qiladi;
Aksiya bo‘yicha “HONOR X8a 6/128GB” (01.02.2024-y. gacha) yoki “HONOR 90 lite 8/256GB” smartfonlarini xarid qilgan abonentlarga to‘plam holida 3 oyga abonent to‘lovisiz “Doimiy 50” tarif rejasi taqdim etiladi;
Aksiya bo‘yicha tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi;
Aksiya bilan to‘plam holida 3 oylik “Doimiy 50” tarif rejasiga ulangan abonentlar uchun bepul muddatning oxirigacha Prepaid tizimining boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tish imkoni mavjud emas;
Mazkur to‘plam uchun “Istalgan raqam” va “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” amal qilmaydi;
“Doimiy 50” tarif rejasining 3 oylik bepul davri davomida “Restart” xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi;
Tarif rejasini boshqa ochiq tarif rejalariga almashtirish bepul davr tugaganidan so‘ng mumkin bo‘ladi;
3 oy davomida “Raqamni qayta rasmiylashtirish” xizmati amal qilmaydi;
Ushbu aksiya shartlari “UzEx” birjasi orqali raqam sotib olgan va ulatgan abonentlarga taalluqli emas.