Sizga 1 GB yetarli emas, 2 GB esa ortiqchalik qiladimi?
Endi kerakli Internet-trafik hajmini o‘zingiz tanlaysiz. 100 dan 50 000 MBgacha bo‘lgan o‘z to‘plamingizga buyurtma bering va uni darhol faollashtiring.
Faollashtirish: *444#
Trafik qoldig‘ini tekshirish: *107#
To‘plam doirasidagi MBlarning amal qilish muddati: faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Tanlangan MBlar miqdorining qiymati quyidagi formulaga muvofiq tarzda hisoblanadi: ("Tanlangan limit" – "Oldingi guruh uchun guruhdagi MBlarning maksimal miqdori") * "Tanlangan guruhdagi har bir MB narxi" + "Oldingi guruh uchun to‘plamdagi maksimal qiymat".
To‘plam doirasidagi trafikning amal qilish muddati 30 kun;
Mazkur Internet-xizmat doirasida qayta trafik xarid qilinganida, agarda amaldagi Internet-to‘plamning muddati tugamagan bo‘lsa, yangi to‘plamga kiritilgan trafik avvalgisining qoldig‘iga qo‘shiladi.
Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan to‘plamning amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
"Buyurtma to‘plam" xizmatiga kiruvchi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.
Internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, xizmatning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun internet-sessiyani to‘xtatib, xizmatga ulanishingiz tavsiya etiladi va shundan keyin Internetda ishlashni yana davom ettirishingiz mumkin.
Xizmat doirasida 100 MB dan 50 000 MBgacha xarid qilish mumkin. Faqat to‘liq hajmdagi MB sotib olish imkoni mavjud. Misol uchun: 10.5 MB faollashtirish imkoni mavjud emas.
Abonent noto‘g‘ri belgi kiritgani uchun o‘zi mas’ul bo‘ladi.
"Buyurtma to‘plam" Internet-xizmatini faollashtirish abonentdagi oylik Internet-to‘plamlarning bekor qilinishiga olib keladi. Bunda foydalanilmagan megabaytlar kuyib ketmaydi, balki ularning amal qilish muddati "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmatining amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi;
Oylik Internet-to‘plamlarni faollashtirish holatida, "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmati doirasida belgilangan megabaytlarning amal qilish muddati oylik Internet-to‘plamlarning amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
Haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari uchun internet to’plam doirasida internet hisobda MB bo‘lganda tariflanadigan ma’lumotning kvotasi – 16 KB
Xizmatni faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari faollashtira oladilar;
Xizmat quyidagi tarif rejalari abonentlari uchun amal qiladi: