Ushbu resurslarga haqi oldindan to‘lanuvchi (Prepaid) xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari faqatgina qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan o‘rnatilgan brauzer orqali foydalanishda narxlanish amalga oshmaydi.
Mazkur resurslarga narxlanmaydigan kirish xorijda va xalqaro roumingda bo‘lgan abonentlar uchun taqdim etilmaydi.
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (GooglePlay, AppStore) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo), hisoblagichlar hamda analitiklarning (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.