MCHJ "PREMIUM CONTENT SOLUTION"

 
Xizmat nomi Xizmat haqida ma’lumot Xizmat raqami QQS bilan narxi
“Sovrinli” viktorinasi
O‘tkazilish muddatlari – 03.09.2024-02.09.2025 (shu kunlari ham)

Ucell Kompaniyasi Abonentlari uchun “Sovrinli” viktorinasi.

Ishtirok etish shartlari:
Kalit so‘zni jo‘natgan holda obunani amalga oshirish talab etiladi. Mazkur xizmat obunali bo‘lib, kunlik Abonent to‘lovi mavjud. Obuna doirasida, kunlik abonent to‘lovini to‘lash evaziga, abonentlar kunlik ballarni va viktorinaning kunlik 30 ta savolini oladilar. Viktorina savollariga SMS orqali javob berib (1 yoki 2 ni tanlab), abonentlar qo‘shimcha ballar oladilar. Abonentlar to‘plagan ballar kunlik, haftalik, choraklik va yillik sovrinlar tanlovlarida qatnashishi mumkin.

Sovrinlar:
Kunlik sovrin (2-3 chorak): 1 000 000,00 so‘m (butun viktorina davrida 235 ta sovrin).

Haftalik sovrin: 10 000 000,00 so‘m (butun viktorina davrida 48 ta sovrin).

Choraklik sovrin (Supersovrin)
1-chorak – BYD avtomobili.
2-chorak – 200 000 000,00 so‘m.

Yillik sovrin (Bosh sovrin)
Toshkent shahrida 2 xonali kvartira.

Sovrinlarni topshirish tartibi
Kunlik sovrin: Har kuni soat 23:59:59 da joriy o‘yin kunining natijalari chiqariladi hamda Aksiyaning to shu kungacha bo‘lgan butun davri mobaynida boshqa ishtirokchilarga nisbatan eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan va Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi Kunlik sovrin g‘olibi aniqlanadi. Kunlik sovrinni ishtirokchi Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bir marta yutib olishi mumkin. Haftalik sovrinlar, Supersovrinlar va Bosh sovrin o‘ynaladigan kunlarda Kunlik sovrin o‘ynalmaydi. Kunlik sovrin ikkinchi chorakdan (04.12.2023-y.) o‘ynala boshlaydi.

Haftalik sovrin: Haftalik sovrin g‘olibini aniqlash tartibi.
Har yakshanba soat 23:59:59 da Haftalik sovrin g‘olibi aniqlanadi. G‘olib deb ushbu Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi, joriy haftaning dushanba kuni soat 00:00:00 dan to yakshanba kuni soat 23:59:59 gacha bo‘lgan davrida eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan ishtirokchi tan olinadi. Ishtirokchi Haftalik sovrinni Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bir (1) marta yutib olishi mumkin. Supersovrinlar va Bosh sovrin o‘ynaladigan kunlarda Haftalik sovrin o‘ynalmaydi.

Supersovrin: Supersovrin g‘olibini aniqlash tartibi.
Sovrin bosqichining (chorakning) oxirgi yakshanba kuni soat 23:59:59 da Supersovrin g‘olibi aniqlanadi. G‘olib deb ushbu Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi, joriy sovrin bosqichining (chorakning) birinchi dushanba kuni soat 00:00:00 dan to oxirgi yakshanba kuni soat 23:59:59 gacha bo‘lgan davrida eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan ishtirokchi tan olinadi. Ishtirokchi Supersovrinni Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bir (1) marta yutib olishi mumkin. Bosh sovrin o‘ynaladigan kuni Supersovrin o‘ynalmaydi.

Bosh sovrin: Bosh sovrin g‘olibini aniqlash tartibi.
4-Sovrin bosqichining (chorakning) oxirgi yakshanba kuni soat 23:59:59 da Bosh sovrin g‘olibi aniqlanadi. G‘olib deb ushbu Qoidalarning barcha talablariga javob beruvchi, Aksiyaning birinchi kuni soat 00:00:00 dan to 4-sovrin bosqichining (chorakning) oxirgi yakshanba kuni soat 23:59:59 gacha bo‘lgan davrida eng ko‘p miqdorda “ball” to‘plagan ishtirokchi tan olinadi. Ishtirokchi Aksiyaning butun davri mobaynida faqat bitta Bosh sovrin yutib olishi mumkin.

Ulanish buyrug‘i: 1010 qisqa raqamiga har qanday matnli SMS jo‘natish; faqat o‘chirish (STOP, СТОП, STOP1) buyruqlari va holatni tekshirish (INFO1, ИНФО, INFO) buyruqlari bundan mustasno.

Ma’lumot olish buyrug‘i: 1010 qisqa raqamiga INFO1, ИНФО, INFO matnli SMS jo‘natish.

O‘chirish buyrug‘i: obunani hamda SMS-bildirishnoma olishni o‘chirish uchun – 1010 raqamiga STOP yoki STOP matnli SMS jo‘natish. 1010 raqamiga STOP yoki СТОП SMS-buyrug‘ini jo‘natish orqali o‘chirganida abonentning profili hamda uning ballari toki mazkur xizmatning yoki Operator bilan shartnomaning amal qilish muddati tugagunicha saqlanib turadi.

Ballarni tekshirish, hisoblash:
Obunani faollashtirganidan keyin abonentlarning harakatlari ballar bilan mukofotlanadi:
Ro‘yxatdan o‘tish ballari – 20 ball (bir martalik).
Kunlik obuna evaziga ballar – ko‘pi bilan 100 ball (abonent to‘lovini to‘liq to‘lasa) yoki 25 ball (abonent to‘lovining ¼ qismini to‘lasa).
Viktorina savoliga berilgan to‘g‘ri javob evaziga ballar – kamida 50 ball (Qoidalarda ko‘rsatilganidek “Baxtli soatlar” fazasidan tashqari).
Viktorina savoliga berilgan noto‘g‘ri javob evaziga ballar – kamida 10 ball (Qoidalarda ko‘rsatilganidek “Baxtli soatlar” fazasidan tashqari).

Obuna narxi: 2 kun bepul, keyin – 1 684 so‘m/kun.
421 so‘m – qo‘shimcha 30 ta savolni hamda 25 ta “Standart ball”ni (1/4 to‘plam) olish.

Batafsil ma’lumotlar https://1010.ucell.uz/ saytida.
Info: + 998 78 150 24 35
1010
6434
6431
2 kun bepul, keyin – 1 684 so‘m/kun (6434)

Qo‘shimcha savollar – 421 so‘m (6431)
Mobil karaoke «Mobil karaoke» digital-xizmati – bu digital-xizmatlar foydalanuvchilari uchun ishlab chiqilgan web-portal bo‘lib, unda abonentlar onlayn rejimida sevimli xitlarini kuylab, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin.
Portal ortiqcha yuklamalarsiz, sodda va puxta o‘ylangan interfeysga ega bo‘lib, sevimli xitlarni yakka holda ham, do‘stlar bilan duetda ham ijro etishga imkon beradi. Shuningdek, unda foydalanuvchilar u yoki bu qo‘shiqni ijro etish bo‘yicha o‘zaro musobaqa qilishlari mumkin bo‘lgan «batl» rejimi ko‘zda tutilgan.

Servis mexanizmi:
• Foydalanish maqsadida xizmatga obuna bo‘lish uchun, abonent xizmatni faollashtiruvchi servis raqamiga USSD-so‘rov yuborishi lozim. Birinchi murojaat va obunadan so‘ng, abonent 5512 raqamidan ma’lumot beruvchi xabar oladi, unda servisga kirish kodlari, saytga havola va boshqaruv buyruqlari berilgan bo‘ladi.
• Keyin abonent havola bo‘yicha o‘tadi, undan so‘ng portalda avtorizatsiya qiladi.
• Portalda avtorizatsiya (raqamni va olingan kodni kiritish) qilganidan so‘ng abonentga servisning barcha funksionaliga kirish imkoni taqdim etiladi.
Kunlik obuna narxi – 900 so‘m.
5512/5812 900 so‘m/kun
TopBox TopBox – mobil ilova bo‘lib, unda foydalanuvchilar qiziqarli suhbatdoshlar bilan muloqot qilib va yangi tanishlar orttirib, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin.
Mazkur xizmat Google Play do‘konidan ilovani yuklab olish vositasida ulanadi. Abonent http://topbox.mobi-serv.com/ havolasi orqali o‘tib ilovani yuklab olishi hamda xizmatga obuna bo‘lishi mumkin: http://topbox.mobi-serv.com/ Abonent 5512 raqamidan kod olib uni kiritishi hamda so‘rovnomani to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Narxlash 5712 raqami orqali amalga oshirislib, kunlik to‘lov QQS bilan 842 so‘mni tashkil qiladi. Obunani ilovaning o‘zida yoki 5512 raqamiga STOP SMS-buyrug‘ini yuborib o‘chirish mumkin. Obunani bekor qilish funksiyasi ilovaning o‘zida ko‘zda tutilgan.
5512/5217 842 so‘m/kun

5512 raqamiga SMS-buyruqlar Izoh
Istalgan so‘z Obunani faollashtirish uchun qo‘llanuvchi buyruq
STOP, (СТОП) Obunani bekor qilish uchun qo‘llanuvchi buyruq
STOP1 Obunani ko‘rinmaydigan tarzda bekor qilish uchun va raqam tarmoqdan o‘chirilganida qo‘llanuvchi buyruq