Do‘stlaringizni Ucell’ga taklif qiling va ballar to‘plang

Ro‘yxatdan o‘tgan har bir do‘st uchun siz 5 000 ball, do‘stingiz esa 10 000 ballga ega bo'ladi

Ilovani yuklab olish
Do‘stlaringizni Ucell’ga taklif qiling va ballar to‘plang

Dasturda qanday ishtirok etishim mumkin?

Ucell mobil ilovasida "Do‘stingizni taklif qiling" dasturi mavjud bo‘lib, u orqali siz Ucell tarmog‘iga yangi abonentlarni taklif qilishingiz hamda har bir muvaffaqiyatli ulanish uchun balansingizga ballar to‘plashingiz mumkin

1

Ucell mobil ilovasini oching

"Do‘stingizni taklif qiling" bannerini toping va "Taklifnoma yuborish" tugmasini bosing
2

Do‘stingizga havola yuboring

Ilovani SMS yoki xabar almashish ilovasi orqali yuklab olish uchun
3

Do‘stingiz havola orqali o‘tishi

Ucell mobil ilovasini yuklab olishi, SIM-karta yoki eSIM olishi yoxud raqamini boshqa operatordan o‘tkazishi (MNP), so‘ngra tarifini uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak
4

To‘lov amalga oshirilgach, do‘stingiz "Do‘stni taklif qilganlik uchun bonus olish"ni tanlashi kerak

Sizning telefon raqamingizni kiritishi va Ucell mobil ilovasiga ilk bor kirishi kerak
5

Tayyor!

Barcha shartlar bajarilgach, har ikki ishtirokchiga ham ballar beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir do‘stingiz uchun sizga 5 000 ball, do‘stingizga esa 10 000 ball taqdim etiladi

Ishtirok etish shartlari

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan hamda faol raqamga ega Ucell abonentlari dasturda ishtirok etishlari mumkin
Istalgancha do‘stingizni taklif qilishingiz mumkin, ammo bir oy ichida ko‘pi bilan 5 nafar yangi ro‘yxatdan o‘tgan do'st uchun ball beriladi
Ballar hisobga kiritilganidan keyingi ikkinchi oydan boshlab foydalanish uchun ochiladi. Ulardan Ucell ilovasi orqali aloqa xizmatlari uchun to‘lov qilishda foydalanish mumkin. Har bir to‘plamdagi ballar 12 oy davomida amal qiladi

Ilova orqali do‘stingizni taklif qiling

QR-kodni skanerlang, Ucell mobil ilovasini yuklab oling va do‘stingizni taklif qiling

Ilovani yuklab olish

Ko'p beriladigan savollar