| Xizmat nomi | Xizmat haqida ma’lumot | Xizmat raqami | QQS bilan narxi |
|---|---|---|---|
| «Videogudok» | Xizmat haqida ma’lumot: «Videogudok» (Video Ring Back Tone – VRBT) xizmati – bu innovatsion ko‘ngilochar servis bo‘lib, unda har qo‘ng‘iroqda chaqiruvchi tomon zerikarli gudok o‘rniga o‘z smartfoni ekranida chaqiriluvchi tomon o‘rnatgan videoroliklar tomoshasidan bahra olishi mumkin bo‘ladi. «Videogudok» xizmatiga obuna bo‘lgan har bir abonent Android operatsion tizimli smartfonlarga ilovani https://ucell.page.link/0 havolasi bo‘yicha o‘rnatib olishi va uni faollashtirishi mumkin. Gudokka videoni o‘z galereyasidan ham, ilovada taklif etilgan turli saytlar (masalan, YouTube va h.k.) videokontentidan ham yuklash mumkin. Mazkur xizmat Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari uchun ishlab chiqilgan. Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent xizmatga obuna bo‘lishlari, ilovani o‘rnatishlari va internetga ulangan bo‘lishlari lozim. Obuna narxi: kuniga 1500 so‘m. Abonent to‘lovi yechilishi 8091 qisqa raqami orqali amalga oshiriladi. Xizmatni ulatish / o‘chirish tartibi: Xizmatni ulatish uchun abonentlar istalgan bir (o‘chirish uchun belgilangan «СТОП», «STOP» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni xizmatning 8090 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborishlari lozim. Xizmatni o‘chirish uchun «STOP» yoki «СТОП» so‘zini 8090 servis raqamiga SMS-xabar orqali yuborish lozim. |
8090, 8091 | 1500 so‘m/Kunlik obuna |
| «Musiqalar Saltanati» | «Musiqalar Saltanati» xizmati – bu butun jahonda ommalashgan «Kuyni toping» o‘yini asosida ishlab chiqilgan xizmat. Mazkur quvnoq musiqiy onlayn test foydalanuvchilarga chambarakdagi qo‘shiq qaysi ekanini topish va o‘zining musiqiy ko‘nikmalari yordamida sovrin yutib olish imkonini beradi. Foydalanuvchi chambarakni aylantiradi va undagi tegishli ochkoga ega bo‘lgan tasodifiy musiqani oladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (musiqani yoki xonandani 10-15 soniyada topsa), u ochkolar oladi. Xizmat barcha brauzerlar orqali spin-win.uz portalida amal qiladi. Har oy yakunlariga ko‘ra eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan 1 obunachi g‘olib sifatida tanlanadi. Xizmatga obuna bo‘lish uchun: - 6303 raqamiga SMS tarzida istalgan bir so‘zni (STOP, СТОП, Stop1, Stopall so‘zlaridan tashqari) yuboring. - Landing Page orqali obuna bo‘ling: spin-win.uz Xizmatga obunani bekor qilish uchun: - 6303 raqamiga SMS tarzida STOP yoki СТОП so‘zini yuboring. Ulanish va narxlash shartlari: Birinchi ulanishda barcha abonentlar o‘yinni 1 kun bepul o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar. Ulanishning ikkinchi kunidan (xizmatga birinchi marta ulanish holatida), abonent hisobidan har kuni obuna uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 2105 so‘m yechib olinadi. Agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan qisman narxlash qiymati (QQS bilan 1400 so‘m yoki QQS bilan 700 so‘m) yechib olinadi. Abonent to‘langan miqdorga muvofiq ballarga va o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi: 2105 so‘m to‘lab, abonent 150 ball oladi hamda chambarakni 21 marta aylantirish va 21 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi; 1400 so‘m to‘laganida, abonent 100 ball oladi hamda chambarakni 14 marta aylantirish va 14 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi; 700 so‘m to‘laganida esa, abonent 50 ball oladi hamda chambarakni 7 marta aylantirish va 7 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, abonentlar har bir to‘g‘ri javob uchun ballar to‘playdilar. To‘g‘ri javoblar uchun beriladigan ballar savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi va portalda chambarakni aylantirganda aks etadi. Obunachilarda 6303 raqamiga Da, Yes, Ha, OK, 100 kalit so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha so‘rovlar yuborib, o‘z ballarini ko‘paytirish uchun qo‘shimcha musiqiy parchalarni olish imkoni mavjud. Har bir qo‘shimcha so‘rov narxi – QQS bilan 2105 so‘m. Shuningdek, qo‘shimcha savollar to‘plami uchun so‘rov yuborganida, agar abonent hisobida to‘liq qiymatni to‘lashga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, bunda ham qisman narxlash qo‘llanadi. Narxlash turidan (to‘liq / qisman) kelib chiqib, abonent shunga mos miqdorda ballarni va shunga mos miqdorda chambarakni aylantirish imkonini qo‘lga kiritadi. Oylik sovrin yutib olish Eng ko'p ball to'plagan abonent 1 000 000 so'm miqdoridagi pul mukofotini yutib olish imkoniyatiga ega. Sovrin yutib olish tartibi: Abonent belgilangan vaqt ichida (10-15 soniya) musiqani to‘g‘ri topib, belgilangan ravishda ball to‘playdi. Abonent ballari bir oy davomida jamlanib, har oy oxirida eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi sovrin g‘olibi deb topiladi. Shu jumladan, agar 2 yoki undan ortiq abonent bir xil – eng ko‘p ballga ega bo‘lsa, g‘olib to‘g‘ri javobni topishga eng kam vaqt sarflash ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlanadi. Sovrin yutib olgan abonent 12 oy davomida qayta sovrindor bo‘la olmaydi. O‘yin tashabbuskori - "SDS Carrier Solutions" sovrinni berish uchun javobgardir. Sovrinni olish tartibi va qo‘shimcha ma’lumotni spin-win.uz saytidan olish mumkin. |
6303 6304 6305 |
2105 so‘m (QQS bilan) 1400 so‘m (QQS bilan) 700 so‘m (QQS bilan) |