1. Chegirmali “Doimiy 50” tarif rejasi abonementlari faqat butun Respublika bo‘ylab Kompaniyaning o‘z ofislarida va rasmiy dilerlarida yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
2. Abonementlarning taqdim etilish shartlari:
| Tarif rejasi | Abonement muddati | Abonent to‘lovi | Chegirma | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Doimiy 50 | 3 oy | 130 000 UZS | 20 000 UZS |
| 2 | Doimiy 50 | 6 oy | 250 000 UZS | 50 000 UZS |
| 3 | Doimiy 50 | 12 oy | 440 000 UZS | 160 000 UZS |
Boshqa mavjud tarif rejalariga o‘tishda “Doimiy 50” tarif rejasi abonementlari saqlanib qolmaydi.
Eslatma: Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
• “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati abonementlarga yangi ulanishda avtomatik ravishda bepul asosda taqdim etiladi;
• Xizmatni boshqarish *977# USSD-so‘rovi yordamida amalga oshiriladi;
• “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmatining faol pullik (oylik va kunlik) opsiyalari, “Barcha uchun ovozli pochta” xizmati o‘chiriladi va bepul asosda “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati belgilanadi.
Telegram, Instagram va WhatsApp ilovasi orqali audio/videoqo‘ng‘iroq qilganda tarif bo‘yicha cheksiz yo‘nalishlar doirasida taqdim etiluvchi internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi; - Facebook Messenger ilovasi orqali audio/videoqo‘ng‘iroq qilganda tarif bo‘yicha cheksiz yo‘nalishlar doirasida taqdim etiluvchi internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi;
3. Abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
- Abonementning ulanish sanasi tegishlicha 3, 6 yoki 12 oylik davrda abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi (agar oylik abonent to‘lovining yechilishi 31-sanada amalga oshgan bo‘lsa, keyingi oy esa 30 kunlik bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida yechiladi. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘lansa (raqam uzluksiz Faol holatda bo‘lib tursa), abonent to‘lovining keyingi yechilish sanasi oyning 31-kuni bo‘ladi);
- “Doimiy 50” tarif rejasi abonementi ulanganida, 3/6/12 oylik abonent to‘lovi hamda limitlar, hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, to‘lig‘icha (davrning oxirigacha qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi/belgilanadi;
- Agar hisob manfiy holatda bo‘lsa yoki abonement bo‘yicha abonent to‘lovi yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, to‘lov yechilmaydi, kiritilgan trafik limiti belgilanmaydi, abonent raqamining hisobi qarzga kiritilmaydi;
- Abonent to‘lovi abonement bo‘yicha abonent to‘lovi samarali yechilgan kundan 3, 6, 12 oyda bir martalik oraliqda yechiladi. Abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining so‘nggi marta samarali yechilgan kuni hisoblanadi;
- Abonementlar doirasida navbatdagi abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lishi kerak;
- Agar abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida to‘lovni yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonent raqami bloklanadi. Toki hisobda abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagunicha abonent to‘lovi yechilmaydi;
- Hisob abonent to‘lovini to‘liq yechish uchun yetarli miqdorga to‘ldirilganida abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘lovi yechib olinganidan so‘ng abonent raqami Faol holatga o‘tadi va abonement shartlari bo‘yicha limitlar belgilanadi. Shundan keyin abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq, ya’ni abonement bo‘yicha abonent to‘lovi so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab 3, 6 yoki 12 oyda bir martalik oraliqda yechiladi;
4. Abonementlar doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyin belgilanadi;
- Tarif rejasi shartlariga ko‘ra oylik limitlar belgilanish sanasidan 1 oy muddatga taqdim etiladi. Joriy davrda belgilangan oylik limitlarning qoldiqlari navbatdagi bitta davrga ko‘chirib o‘tkaziladi;
- Oldingi davrdan ko‘chirib o‘tkazilgan oylik limitlarning qoldiqlari faqat joriy davrning oxiriga qadar amal qiladi;
- Agar tanlangan abonement bo‘yicha abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilmasa, u holda oldingi hisob-kitob davrida ishlatilmagan limitlar qoldiqlari bekor qilinadi.
- Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, albatta oldindan hisobni abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirishni hamda tarif rejasi bo‘yicha limitlarning belgilanganligini *100# USSD-so‘rovi yordamida tekshirishni tavsiya etamiz.
- Tarif rejasi bo‘yicha oylik limitlar sarflab tugatilgach, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar tarif rejasi shartlariga ko‘ra limitdan tashqari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarga muvofiq narxlanadi.
- Tarif rejasi va qo‘shimcha internet-to‘plamlar bo‘yicha oylik internet-trafik limiti sarflab tugatilgach, internetga kirish cheklanadi. Bunda abonent internetni qayta ishga tushirish uchun havolani o‘z ichiga oluvchi SMS qabul qiladi. Internetdan foydalanishda davom etish uchun, abonent o‘zi internetdan foydalanishi uchun opsiyani tanlashi lozim bo‘ladi:
• Internet-to‘plam sotib olish;
• Limitdan tashqari 1 MB narxida mobil internetni faollashtirish.*
* Agar abonent “Limitdan tashqari 1 MB narxida mobil internetni faollashtirish” opsiyasini tanlasa, keyin esa Oylik internet-to‘plam sotib olsa, u holda qo‘shimcha to‘plam bo‘yicha limitlar tugaganidan so‘ng, tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining navbatdagi yechilishiga qadar internet tarif rejasi shartlariga ko‘ra limitdan tashqari 1 MB narxida sarflanadi.
“Limitdan tashqari 1 MB narxida mobil internetni faollashtirish” opsiyasini abonent *727# USSD-so‘rovi yordamida mustaqil tarzda ham tanlay oladi.
Internetga kirish cheklanganida, abonent to‘lov tizimlarining ilovalaridan foydalanmoqchi bo‘lsa, ular offline rejimida to‘g‘ri ishlashi uchun smartfonda ma’lumotlar almashish rejimini o‘chirib qo‘yishi lozim.
E’tibor qiling:
- “Doimiy” tariflar tizimi ichida biridan boshqasiga o‘tishlarda, agar abonent “Doimiy 70”, “Doimiy 100”, “Doimiy 150” tarif rejalariga o‘tsa, u holda tarif bo‘yicha oldin belgilangan limitlar qo‘shiladi va toki sarflab tugatilguniga yoki avvalgi tarifga ko‘ra ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
- “Doimiy” tariflar tizimi ichida biridan boshqasiga o‘tishlarda, agar abonent “Doimiy 35” yoki “Doimiy 25” tarifiga o‘tsa, u holda abonement bo‘yicha oldin belgilangan limitlar bekor qilinadi.
- Abonementdan “Internet 60” tarifiga o‘tishda, avvalgi tarif rejasiga ko‘ra oldin belgilangan limitlar bekor qilinadi.
5. Tarif rejasi abonementining amal qilishi davrida “Restart” xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
6. “Raqamni saqlab qolish” xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
7. “Doimiy 50” tarif rejasi abonementini ulatgan abonentlar uchun “Istalgan raqam” hamda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmatlari bo‘yicha yangi ulanishlar amal qilmaydi.
8. “Doimiy” tizimi tarif rejalari abonentlari uchun “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi va “U+” sodiqlik dasturi amal qiladi.
“Doimiy 50” tarif rejasi abonementini ulatgan abonentlar uchun “U+” sodiqlik dasturi shartlari:
- 3 oylik abonement uchun abonent to‘lovi to‘langanida: 7 500 promo birlik taqdim etiladi;
- 6 oylik abonement uchun abonent to‘lovi to‘langanida: 15 000 promo birlik taqdim etiladi;
- 12 oylik abonement uchun abonent to‘lovi to‘langanida: 30 000 promo birlik taqdim etiladi.
9. Tarif rejalari shartlariga ko‘ra taqdim etilgan daqiqalar “O‘zbektelekom” AKning axborot-ma’lumot xizmatlariga, kontent-provayderlarning axborot-ko‘ngilochar xizmatlariga va xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
10. “O‘zbektelekom” AK xizmatlari. Narxlash ushbu havoladagi jadvalda ko‘rsatilgan narxlar asosida, har bir ulanish uchun amalga oshiriladi: https://ucell.uz/ru/services/jsc_uzbektelecom , (limitlar bo‘lsa, limitlar sarflanmaydi. Tarif rejasi shartlariga muvofiq limitdan tashqari narx bo‘yicha abonent balansidan yechiladi). Qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi sizning tarif rejangizga muvofiq daqiqalab, ulanishning 1-soniyasidan boshlab, to‘liq daqiqagacha yaxlitlanib narxlanadi. Abonentlar bu yerda tanishishlari mumkin https://ucell.uz/ru/services/jsc_uzbektelecom
11. Abonement doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
12. “Doimiy 50” tarif rejasi abonementini ulatgan abonentlar uchun “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi”, “Qulay daqiqalar”, Oylik internet-to‘plamlar, “Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari” (faqat “Cheksiz 30 kun” to‘plami), “Tungi internet-to‘plamlar”, “Tunda 4Gni sinab ko‘ring”, “Internet-sovg‘a” xizmatlari, “Al Chiroq” aksiyasi amal qiladi.
13. “Doimiy 50” tarif rejasi abonementini ulatgan abonentlar uchun “Tarmoq ichida qulay” va “O‘zbekiston bo‘yicha qulay” to‘plamlari, Kunlik va Haftalik internet-to‘plamlar, “Kunlik SMS-to‘plamlar”, “Tungi internet”, “Soatbay internet”, Cheksiz internet-to‘plamlar, “Oylik 4G Internet-to‘plamlar” xizmatlari amal qilmaydi.
14. Tegishli tarif rejalari doirasida olingan cheksiz shartlar (qo‘ng‘iroqlar, internet) tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langanida, shuningdek tarif rejasini almashtirgandan keyin navbatdagi oyga ko‘chirib o‘tkazilmaydi.
15. Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
Diqqat!
1. Cheksiz yo‘nalish doirasidagi internet-trafikning to‘g‘ri sarflanishi uchun, faqat rasmiy ilovalarni ishlatishni tavsiya etamiz: Facebook, Instagram, Telegram, WhatsApp;
2. 01.05.2023-y.dan smartfonning yoki boshqa qurilmalarning kirish nuqtasi orqali internetni tarqatishda faqat tarif rejasi doirasida taqdim etilgan asosiy internet-trafikni, yoki qo‘shimcha xarid qilingan internet-to‘plamdagi trafikni tarqatish mumkin bo‘ladi. Tarif rejasi doirasida taqdim etiluvchi cheksiz internet-trafik shartlari smartfondan internet-trafikni boshqa qurilmalarga tarqatishda amal qilmaydi.
Bunda:
3. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi saytlar orqali kirishda, trafik tarif rejasi doirasida ajratilgan internet-trafik limitidan yoki barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi, yoxud internet-trafik tarif rejasi shartlari bo‘yicha Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi. Bunday hollarda resurslar uchun taqdim etiluvchi cheksiz internet-trafikdan foydalanib bo‘lmaydi.
4. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
| Abonementlar bo‘yicha oylik limitlar | |
|---|---|
| Oylik internet-trafik limiti | 20 GB |
| Oylik CHEKSIZ internet-trafik** | Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebook |
| O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti | Cheksiz* |
| O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti | 1500 |
| Limitlarni tekshirish | *100# – daqiqalar va SMSlar, internet-trafik MBlari |
*Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
** Barcha yo‘nalishlar uchun oylik internet-trafik – to‘liq tezlikda 2 TB. To‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugaganidan so‘ng, internet tezligi pasayadi va 64 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.
| Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash | |
|---|---|
| Tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) | 25 so‘m |
| 1 MB internet narxi | 25 so‘m |
| O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) | 25 so‘m |
| Xalqaro SMSlar | 1 000 so‘m |
Chegirmali “Doimiy 50” tarif rejasi abonementlari butun Respublika bo‘ylab Kompaniyaning o‘z ofislarida va rasmiy dilerlarida faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
Endi, yangi ulanishda Siz “Doimiy 50” tarifi uchun 3 oylik, 6 oylik yoki yillik abonement olishingiz hamda tegishli muddatga abonent to‘lovini to‘lab, 160 000 so‘mgacha tejab qolishingiz mumkin!
Abonementlarning taqdim etilish shartlari:
| Tarif rejasi | Abonement muddati | Abonement narxi |
|---|---|---|
| Doimiy 50 | 3 oy | 130 000 so‘m |
| 6 oy | 250 000 so‘m | |
| 12 oy | 440 000 so‘m |