Balansni toʻldiring — gigabaytlarni qoʻlga kiriting!
Aksiya shartlari Android va iOS platformalaridagi qurilmalar foydalanuvchilari uchun Ucell Mobil ilovasining 2.6-versiyasida mavjud.
Ucell mobil ilovasining barcha foydalanuvchilari uchun ajoyib yozgi aksiya tayyorladik.
Aksiyada qanday ishtirok etish mumkin?
1. Aksiya o‘tkazilishi davrida Ucell mobil ilovasida Prepaid tizimidagi raqamingiz bilan avtorizatsiyadan oʻting.
2. Avtorizatsiyadan oʻtgach, ilova orqali istalgan qulay usulda balans toʻldiring:
• 1-usul: Asosiy sahifada “Toʻldirish” tugmasini bosing va “Hisobni toʻldirish” bandini tanlang.
• 2-usul: “Mablag‘lar” → “Mobil aloqa” → “Ucell” bo‘limiga oʻting.
• 3-usul: “Mablag‘lar” → “Hisobni toʻldirish” bo‘limiga oʻting, Ucell raqamini va 15 000 so'm yoki undan ko'p miqdordagi bir martalik to'lov summasini kiriting va «Hisobni to'ldirish» tugmasini bosing.
Muhim: agar bank karta (milliy yoki xalqaro) ilgari biriktirilmagan boʻlsa, “Mablag‘lar” boʻlimida “Yangi kartani ulash” orqali uni qoʻshish kerak.
3️. Samarali hisob toʻldirishdan soʻng, abonent avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi va barcha yoʻnalishlar uchun 30 kun muddatli 100 GB internet-trafik oladi.
4. Gigabaytlar qoldig‘ini qanday tekshirish mumkin?
- Ucell ilovasida, “To‘plamlar qoldiqlari” boʻlimida.
- 107# *USSD-soʻrovi orqali.
Qoʻshimcha maʼlumot:
• Bir foydalanuvchi aksiyada faqat bir marta 100 GB internet-trafik olishi mumkin.
• Internet-trafik 30 kun amal qiladi.
• Trafik faqat raqam Faol holatida amal qiladi.
Aksiya muddati:
2025-yil 21-iyuldan 31-avgustgacha.
Nega bu qulay?
• Bonus barcha Prepaid foydalanuvchilar — yangi va mavjud abonentlar uchun amal qiladi.
• Balans toʻldirilgandan soʻng bonus avtomatik tarzda taqdim etiladi.
• Trafik birinchi navbatda sarflanadi (tarif va boshqa to‘plamlardan ustuvor).
• 100 GBni istalgan sayt va ilovalarga ishlatish mumkin.