"My Ucell" Telegram-bot yordamchisi

 

15-avgustdan Telegram-bot xizmati to'xtatildi. 

 

"My Ucell" Telegram-botini ulang, keyin USSD-kodlar va qisqa raqamlarni eslab yurishingizga hojat bo‘lmaydi!

Bizning "My Ucell" Telegram-botimiz yordamida siz:


  Hisobingizni, shuningdek megabaytlar, daqiqalar va SMSlar qoldig‘ini tekshirishingiz;

  3, 7 yoki 30 kunlik tafsilotlarni olishingiz;
"My Ucell" Telegram boti yordamchisi orqali qo'ng'iroqlar tafsilotini yuklab olish imkoniyati vaqtincha mavjud emas.

  Qo‘shimcha xizmatlarni ulatishingiz va o‘zingiz avval ulatgan xizmatlar ro‘yxatini tekshirishingiz;

  Internet-to‘plamlar xarid qilishingiz;

  Tarifingizni o‘zgartirishingiz va joriy tarif rejangiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

  Kompaniyaning abonentlarga xizmat ko'rsatish bo'limiga murojaat yuborish.



Sizlarga "My Ucell" (@ucell_bot) Telegram-botini taqdim etishdan mamnunmiz!

"My Ucell" Telegram-boti – bu hisobni, daqiqalar, megabaytlar va SMSlar qoldig‘ini tekshirish, tafsilotlarni olish, xizmatlarni yoqish va o‘chirish singari ko‘plab harakatlarni sevimli messenjerdan chiqmasdan turib amalga oshirishning oddiy va qulay usulidir.

"My Ucell" Telegram-botini ulash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  1. Telegram messenjeriga kirish
  2. Qidiruv joyiga @ucell_bot ("My Ucell") deb yozish yoki https://t.me/Ucell_bot havolasi bo‘yicha o‘tish
  3. "My Ucell" botiga kirish va «start» tugmachasini bosish
  4. Ro‘yxatdan o‘tish.

Eslatma:

  • "My Ucell" Telegram-botidan foydalanish mutlaqo bepul.
  • Telegram-bot orqali pulli xizmatlarni ulatishda yoki tarifni almashtirishda kompaniya narxlar ro‘yxatiga ko‘ra abonent hisobidan mablag‘ yechiladi.

"My Ucell" Telegram-botidan foydalanish bo‘yicha ommaviy ofertaga havola