"Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar" aksiyasi



«Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi faqat «Sof» tizimi tarif rejalariga yangi ulanishlar uchun amal qiladi.

Yangi ulanishda «Sof» tizimi tarif rejalari abonentlari quyidagilarga ega bo‘ladilar:

Tarif rejasi Cheksiz to‘plam Amal qilish muddati
Sof 18, Sof 30, Sof 40 Cheksiz* Telegram, Instagram 30 kun
Sof 50, Sof 70, Sof 100, Sof 150 Cheksiz* Telegram, Instagram, YouTube 30 kun

*Texnik cheklanma – 1 TB (keyin tezlik 64 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi);
Xizmat holatini tekshirish – (*100#);
  1. Cheksiz to‘plamlarning amal qilish muddati – ulangan vaqtidan boshlab 30 kun;
  2. Aksiyaning o‘tkazilish davri – 01.12.2022-y.dan 31.01.2023-y.gacha;
  3. Barcha yangi abonentlarga:
- «Sof 18», «Sof 30» va «Sof 40» tarif rejalariga yangi ulanishda Telegram va Instagram uchun cheksiz internet taqdim etiladi;
- «Sof 50», «Sof 70», «Sof 100» va «Sof 150» tarif rejalariga yangi ulanishda Telegram, Instagram va YouTube uchun cheksiz internet taqdim etiladi;
  1. «Sof» tariflar tizimi ichida biridan boshqasiga o‘tishda, aksiya doirasida belgilangan cheksiz to‘plamlar «kuyib ketmaydi» va shartlarga muvofiq amal qilish muddati tugagunicha ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi;
  2. «Sof» tariflar tizimidan «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tariflariga o‘tishda, aksiya doirasida belgilangan cheksiz to‘plamlar o‘chiriladi;
  3. Mazkur aksiya shartlari «Sof tariflar uchun Istalgan raqam» hamda «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatlari bo‘yicha raqam ulatgan abonentlarga, shuningdek, raqamni «UzEx» birjasi orqali xarid qilgan/ulatgan hollarda tatbiq etiladi;
  4. Mazkur aksiya shartlari Kompaniya ofislarida smartfon xarid qilishda raqam ulatgan abonentlarga ham tatbiq etiladi;
  5. «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasida, «Trafik+» xizmati bo‘yicha quyidagi to‘plamlar amal qilmaydi: «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Messenjerlar», «Ijtimoiy tarmoqlar», «YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «YouTube+Telegram»;
  6. «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasida Telegram, Instagram va YouTube uchun cheksiz internet opsiyasiga ulangan abonentlar uchun «Trafik+» xizmati bo‘yicha «YouTube» to‘plamini ulash imkoni mavjud emas;
  7. Aksiya shartlari roumingdagi abonentlarga tatbiq etilmaydi;
  8. Aksiya shartlari Postpaid tizimi abonentlariga tatbiq etilmaydi;
  9. Aksiya doirasida ajratilgan trafik «Instagram», «Telegram» va «YouTube» mobil ilovalarining yuklab olinishiga va yangilanishiga tatbiq etilmaydi;
  10. Agar abonentda «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Ucell metroda», «Al Chiroq», «Sof uchun oylik internet-to‘plamlar» xizmatlari yoqilgan bo‘lsa, Instagram, Telegram, YouTube resurslari ichida birinchi navbatda «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi doirasidagi opsiya bo‘yicha yoqilgan internet-trafik sarflanadi, qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha esa ulangan to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
  11. Telegram ilovasi orqali videoqo‘ng‘iroq qilganda «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
Muhim!
  • Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

Eslatma

  • Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
"Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar" aksiyasi