Reklama SMS lardan voz kechish




Ucell Kompaniyasidan kiruvchi Reklama SMS lardan voz kechmoqchimisiz, u holda *230# qisqa raqamiga bepul so‘rov yuboring.

Agar Reklama SMS larni qayta faollashtirishni istasangiz, *230# USSD so‘rov menyusidan "Yoqish" ni tanlang.

Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling. Batafsil:

*Reklama SMSlar deb-Faqatgina Kompaniyaga oid yoki litsenziyaga ega xamkor (kontent-provayder) bilan birgalikda taqdim etiluvchi yangi xizmatlar, aksiyalar, hamda tadbirlar va shu kabilarga doir SMSlar ko‘zda tutiladi.

Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek siz reklama SMSlarni Kompaniya rasmiy saytida - Shaxsiy kabinetingizda yoki mamlakat bo‘ylab faoliyat yurituvchi Ucell ofislarida bekor qilishingiz mumkin.


Eslatma:

Reklama SMSlarni bekor qilish xizmati quyidagi majburiy xabarlar uchun amal qilmaydi:
  • Maqsadga muvofiq ma’lumotnoma SMSlar – Narxlarga kiritilgan o‘zgarishlar, Kompaniya tariflari, xizmat ko‘rsatish shartlari va abonentlarga xizmat ko‘rsatilishiga ta’sir etuvchi boshqa turdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar;
  • Ijtimoiy xarakterga ega SMSlar - vakolatli Davlat idoralari talablariga ko'ra, mamlakat aholisini xabardor qilish maqsadida yuboriluvchi xabarlar (DSQ, FVV, IIV), shuningdek, vakolatli Davlat idoralari talablariga ko'ra yuboriluvchi boshqa SMS-tarqatmalar.
Ucell bilan doimo aloqada qoling!