USSD (Unstructured Supplementary Service Data) — mobil qurilma va operatorning xizmat ko‘rsatish tizimi o‘rtasida real vaqt rejimida xabar almashish imkonini beruvchi texnologiya. USSD’dan foydalanish uchun SMS yuborish yoki SMS-markaz raqamini bilish shart emas — tegishli USSD-buyruqni terish va qo‘ng‘iroq tugmasini bosish kifoya.
Buyruqning vazifasiga qarab, USSD-so‘rov orqali nafaqat ma’lumot olish, balki muayyan amallarni bajarish ham mumkin. Masalan, USSD-buyruqlar yordamida xizmatlarni yoqish yoki o‘chirish, to'plamlarni faollashtirish, tarifni o‘zgartirish hamda boshqa mavjud amallarni bajarish mumkin. So‘rov ko‘rib chiqilgandan so‘ng, foydalanuvchi buyruq muvaffaqiyatli bajarilgani haqida xabar yoki amalni bajarish imkoni bo‘lmasa, rad etish sababi ko‘rsatilgan xabarnoma oladi.
USSD orqali ma‘lumotni yetkazishning tezligi, SMS markazi orqali so‘rov yo‘llagandan kattaroq bo‘lib, javob kutish vaqti atiga 2-4 soniyani tashkil etadi. Har bir telefonda USSD so‘roviga javob olish shakli o‘zgachadir.
Bu xizmatni taqdim etiladigan asosiy xizmatlar majmuiga kirgani sababli uni alohida yoqtirish shart emas.