Ovozli/Video aloqaning yangi avlodi
VoLTE – tezkor bog‘lanish va tiniq ovozga ega qo‘ng‘iroqlar texnologiyasi. Mazkur texnologiya yuqori tezlikdagi 4G mobil internetidan foydalanish bilan parallel ravishda telefonda suhbatlashish imkonini beradi, shuningdek ulanish vaqtini 1,5-2 soniyagacha qisqartiradi.
ViLTE – LTE tarmog‘idagi abonentlar chet mobil ilovalarni qo‘llamasdan videomuloqot qilishlari texnologiyasi. Videoseans uchun har ikkala abonent mazkur texnologiyani qo‘llovchi mobil qurilmaga ega va 4G tarmog‘i amal qiluvchi hududda joylashgan bo‘lishlari kifoya..
* Oddiy telefon qo‘ng‘irog‘i paytida 4G internetidan foydalanish imkoni yo‘q, chunki chaqiruv amalga oshirilganida smartfon GSM yoki 3G tarmog‘iga o‘tadi, shuning evaziga ulanish vaqti 6–7 soniyaga yetishi mumkin. Yangi – VoLTE texnologiyasi esa ulanish vaqtini 1,5–2 soniyagacha qisqartira oladi.
* Telefonda gaplashish va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati.
* Ovozli trafikni birinchi o‘ringa qo‘yish imkoni hamda LTE tarmog‘i sig‘imining ancha katta ekanligi evaziga, qo‘ng‘iroqni amalga oshirishda ovozning yuqori sifati ta’minlanadi.
* 2G, 3G va LTE aloqa standartlarining biridan boshqasiga o‘tishda batareya sarfi oshadi. VoLTE texnologiyasi 2G, 3G va LTE aloqa standartlari orasida o‘tishni talab qilmasligi sababli, uni qo‘llash batareya quvvatini tejash imkonini beradi.
* Qo‘ng‘iroqlarda tarif rejasi yoki daqiqalar to‘plami doirasidagi daqiqalar sarflanadi. Internet-trafik sarflanmaydi.
Xizmat bepul taqdim etiladi.
Qo‘ng‘iroqlarda tarif rejasi yoki daqiqalar to‘plami doirasidagi daqiqalar sarflanadi. Internet-trafik sarflanmaydi.
Xizmatni faollashtirish uchun 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi SIM-karta hamda VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi qurilma bo‘lishi talab etiladi.
VoLTE/ViLTE xizmatini quyidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kanallari orqali faollashtirish mumkin:
*Ucell mobil ilovasida (Xizmatlar -> Barcha xizmatlar -> Boshqa xizmatlar (“VoLTE/ViLTE” xizmati tanlanadi) -> Ulanish)
*USSD-so‘rov yuborish *818*1*1#
*Shuningdek, VoLTE xizmatini 8123 raqami orqali Call-markazga murojaat etib ham faollashtirish mumkin.
Abonent VoLTE/ViLTE xizmatini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning quyidagi usullari orqali o‘chirishi mumkin:
* USSD-so‘rov jo‘natish: *818*2*1#
* Ucell mobil ilovasida (Xizmatlar -> Ulanganlari -> Boshqa («VoLTE» xizmatini tanlash) -> O‘chirish)
Shuningdek, VoLTE xizmatini 8123 raqami orqali Call-markazga murojaat etib ham o‘chirish mumkin.
Xizmatning yoqilgan-yoqilmaganligini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning quyidagi usullari orqali tekshirish mumkin:
* USSD-so‘rov jo‘natish: *818*3#.
* Ucell mobil ilovasida (Xizmatlar -> Ulanganlari -> Boshqa). Ro‘yxatda VoLTE xizmati yo‘qligi mazkur xizmat yoqilmaganligini bildiradi.
Shuningdek, VoLTE xizmatining yoqilgan-yoqilmaganligini 8123 raqami orqali Call-markazga murojaat etib ham tekshirish mumkin.
Bugungi kunda VoLTE/ViLTE xizmati 4G/LTE tarmoqlarida butun mamlakat bo'ylab mavjud.
Agar qo‘ng‘iroq boshlanishidan oldin va suhbat vaqtida smartfon LTE tarmog‘iga ulangan va 2G yoki 3G tarmog‘iga o‘tmagan bo‘lsa, demak, qo‘ng‘iroq uchun VoLTE texnologiyasi qo‘llanmoqda.
Agar qo‘ng‘iroq paytida chaqiruvchi abonentning smartfoni LTE tarmog‘ini tark etsa, u avtomatik tarzda 3G tarmog‘iga o‘tadi va qo‘ng‘iroq uzilishsiz davom etadi.
Agarda chaqiriluvchi abonentning smartfoni VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘lsa yoki shahar raqamiga qo‘ng‘iroq qilinayotgan bo‘lsa, u holda chaqiruvchi abonentning qo‘ng‘irog‘i hududdagi Ucell uskunasigacha VoLTE texnologiyasi bo‘yicha, hududdagi Ucell uskunasidan chaqiriluvchi abonent qurilmasigacha esa – mumkin bo‘lgan texnologiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
* VoLTE / ViLTE amal qilishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Shu jumladan, mobil qurilmaning ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotiga. Shuni inobatga olishingizni so‘raymizki, VoLTEdan foydalanishda qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ayrim mobil qurilma ishlab chiqaruvchilar VoLTE / ViLTEdan foydalanishni dasturiy ta’minot darajasida vaqtincha cheklashmoqda.
* VoLTE xizmati «Internet 60» tarif rejasi, Uy Interneti uchun tarif rejalar hamda M2M tarif rejalaridan tashqari barcha tarif rejalarida amal qiladi.
* 06.01.2026-y.dan mazkur xizmat boshqa operatorlardan o‘tgan abonentlar uchun ham amal qiladi
VoWiFi (Voice over Wi-Fi) — bu an’anaviy mobil tarmoq o‘rniga Wi-Fi tarmog‘i orqali ovozli qo‘ng‘iroq qilish va SMS jo‘natish imkonini beruvchi texnologiya. U mobil signal chala yoki yo‘q bo‘lgan joylarda, masalan qalin devorli binolar, yerto‘lalar yoki olis hududlarda ham sifatli aloqani ta’minlaydi.
Faollashtirish uchun to‘lov olinmaydi.
VoLTE xizmatini faollashtirganda VoWiFi xizmati avtomatik tarzda taqdim etiladi. VoLTE xizmatini faollashtirgan barcha joriy abonentlar avtomatik ravishda VoWiFi xizmatidan foydalana oladilar.
VoLTE xizmatini quyidagi usullarda faollashtirish mumkin:
– Ucell mobil ilovasida;
– *818*1*1# USSD-so‘rovi orqali;
– 8123 qisqa raqami bo‘yicha Kompaniyaning Aloqa markazi orqali;
–Ucell o‘z ofislarida.
Qo‘shimcha tarzda telefon sozlamalarida VoWiFi funksiyasini faollashtirish lozim bo‘ladi: O‘z smartfoningizga mo‘ljallangan yo‘riqnomadan foydalaning.
Qo‘ng‘iroqlarda tarif rejasi yoki daqiqalar to‘plami doirasidagi daqiqalar sarflanadi; daqiqalar mavjud bo‘lmaganida esa to‘lov tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mobil internet-trafik sarflanmaydi.
VoWiFi texnologiyasidan foydalanish uchun smartfon VoWiFi funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi, dasturiy ta’minotning mos keluvchi versiyasiga ega bo‘lishi, internetga kirish imkoniga ega Wi-Fi provayderi tarmog‘iga ulangan, telefon sozlamalarida esa VoWiFi funksiyasi yoqilgan bo‘lishi lozim.
Mazkur xizmatni o‘chirish uchun telefon sozlamalarida VoWiFi funksiyasini o‘chirish kifoya.
VoWiFi xizmati O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi internet-provayderlarining amal qilish hududlarida ishlaydi.
* VoWiFi xizmati texnik yoki ma’muriy sabablarga ko‘ra ayrim internet-provayderlar tarmoqlarida cheklanishi mumkin. Ucell barcha Wi-Fi tarmoqlarida VoWiFi ishlashiga kafolat bermaydi.
VoWiFi xizmati Wi-Fi-router amal qilish hududida ishlaydi. Wi-Fi hududidan chiqqanda siz avtomatik tarzda qo‘ng‘iroqlarni LTE mobil tarmog‘ida amalga oshirasiz va qabul qilasiz.
* VoWiFi amal qilishi ko‘p omillarga bog‘liq. Shu jumladan, mobil qurilmaga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga ham. Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, ayrim mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari, qo‘llashda qiyinchiliklarning oldini olish maqsadida, VoWiFi funksiyasidan foydalanishni dastur darajasida vaqtincha yopib qo‘yishadi.
* VoWiFi xizmati abonent Ucell mobil tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsagina ishlaydi. Ucell mobil tarmoq qamrovi butkul bo‘lmaganida yoki abonent mobil tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganida VoWiFi vaqtincha ishlamaydi.
* 06.01.2026-y.dan mazkur xizmat boshqa operatorlardan o‘tgan abonentlar uchun ham amal qiladi;
* VoWiFi xizmati texnik yoki ma’muriy sabablarga ko‘ra ayrim internet-provayderlar tarmoqlarida cheklanishi mumkin. Ucell barcha Wi-Fi tarmoqlarida VoWiFi ishlashiga kafolat bermaydi.
* VoWiFi rejimidagi ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarda tarif rejasi yoki daqiqalar to‘plami doirasidagi daqiqalar sarflanadi; daqiqalar mavjud bo‘lmaganida esa to‘lov tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. VoWiFi rejimidagi ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarda mobil internet-trafik sarflanmaydi.
* VoWiFi rejimida SMS-xabar jo‘natishda tarif rejasi yoki SMS-to‘plamlar doirasidagi SMSlar sarflanadi; SMSlar mavjud bo‘lmaganida esa to‘lov tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
* Shoshilinch xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda abonent tarmog‘iga o‘tadi.
* VoWiFi rejimida qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoni yo‘q. Qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun 2G, 3G yoki LTE mobil tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish va qaytadan urinib ko‘rish lozim.