“ZTE Blade A31 2/32” hamda “ZTE Blade A51 3/64” smartfonlarini xarid qilish uchun abonent (jismoniy shaxs) Kompaniyaning o‘z ofislaridan biriga murojaat etishi lozim. Abonentning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.
- Smartfonlar xaridi aksiyasi Respublika bo‘ylab Kompaniyaning o‘z ofislarida faqat yangi Prepaid ulanishlari uchun amal qiladi;
- “Doimiy 25” tarif rejasi bilan to‘plam holida “ZTE Blade A31 2/32” yoki “ZTE Blade A51 3/64” smartfonini xarid qilgan Abonentlarga tarif rejasi 6 oy davomida abonent to‘lovisiz taqdim etiladi.
- Smartfon bilan to‘plam holida “Doimiy 25” tarif rejasiga ulangan abonentlar uchun bepul muddatning oxirigacha Prepaid tizimining boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tish imkoni mavjud emas;
- Mazkur to‘plam uchun “Istalgan raqam” va “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” amal qilmaydi;
- “Doimiy 25” tarif rejasining 6 oylik bepul davri davomida “Restart” xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi;
- Tarif rejasini boshqa ochiq tarif rejalariga almashtirish bepul davr tugaganidan so‘ng mumkin bo‘ladi;
- 6 oy davomida “Raqamni qayta rasmiylashtirish” xizmati amal qilmaydi.
- Ushbu aksiya shartlari “UzEx” birjasi orqali raqam sotib olgan va ulatgan abonentlarga taalluqli emas.