ZTE Blade A75

 

Raqamli imkoniyatlarning yangi ufqlarini Ucell hamda yangi ZTE Blade A75 — qudratli, o‘z uslubiga va 5G texnologiyasiga ega zamonaviy smartfon bilan kashf eting.

 

Maxsus taklif: smartfon xaridida — Ucelldan 12 oyga cheksiz 5G internet sovg‘a!

 

Yuksak sifatdagi videolarni tomosha qiling, fayllarni sanoqli soniyalarda yuklang va istalgan joyda aloqada bo‘ling — hech qanaqa

cheklov yo‘q, faqat sof 5G tezligi va to‘liq erkinlik!

 

 

Nimaga ZTE Blade A75?

 

ZTE Blade A75 — bu shunchaki smartfon emas, bu sizning kundalik turmushdagi ishonchli yordamchingiz. Mana, ayni shu modelni tanlash uchun bir nechta sabab:

 

5G-aloqa: Ucell 5G tarmog‘i hamda bir yillik cheksiz internet bilan haqiqiy tezlikni his eting!

 

Samaradorlik: 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotira — ilovalarni ishga tushirish hamda biridan boshqasiga o‘tishda qiynalmaysiz.

 

Avtonomlik: 5000 mA/soatlik baquvvat akkumulyator — kun davomida quvvatlamasdan film ko‘rish, o‘yin o‘ynash va muloqot qilish mumkin.

 

O‘z uslubidagi dizayn: qora korpus va yengil form-faktor — olib yurish qulay, ishlatish yoqimli.

 

Narx va muddatli to‘lov: Ucell ofislaridayoq bir lahzada rasmiylashtirib va ustamalarsiz oling!

 

 

ZTE Blade A75 smartfonining narxi atigi 1 555 556 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, ustamalarsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz, oyiga 183 000 so‘mdan boshlanuvchi qulay muddatli to‘lovdan foydalanishingiz mumkin.

 

ZTE Blade A75 smartfonini yaqin oradagi Ucell ofisida xarid qilishingiz mumkin.

 

  • “5G tarmog‘ida cheksiz internet” xizmatidan faqat Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar.
  • Cheksiz internet faqat 5G tarmog‘ida amal qiladi. 5G qamrovi hududidan tashqarida internet-trafik amaldagi tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
  • Xizmatning amal qilish muddati — faollashtirilgan vaqtidan boshlab bir yil.
  • Xizmat bepul taqdim etiladi.
  • Xizmat 5G tarmog‘ida eng yuqori ustuvorlik bilan faollashadi.
  • Hajm bo‘yicha cheklov — har oyda 1 TB. Ko‘rsatilgan hajmga yetilgach, joriy oyning oxirigacha internet-bog‘lanish tezligi 5 Mbit/soniyagacha tushiriladi.
  • Cheksiz internet doirasida internetni tarqatish (Hotspot) imkonsiz.
  • Xizmatning amal qilish muddati va holatini *511# USSD-buyrug‘i orqali tekshirish mumkin.
  • Xizmatni mustaqil o‘chirish mumkin.
  • Xizmatni Bloklangan holatdagi abonentlar uchun faollashtirish imkonsiz.
  • Xizmatdan faqat 5G standartidagi tayanch stansiyalarining amal qilish hududida foydalanish mumkin.
  • Xizmat Prepaid tizimidagi barcha amaldagi tarif rejalarida belgilanishi mumkin.