Shaxsiy ma'lumotlarini yangilash
Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
Shaxsiy ma'lumotlarini yangilash

Shaxsiy ma'lumotlarini yangilash

Shaxsiy ma’lumotlaringizni yangilash uchun quyida ko’rsatilgan satrlarni to’ldirish lozim bo’ladi.
Eski hujjat
Hujjatning seriyasi va raqamini oraliq bilan kiriting
Yangi hujjat
Hujjatning seriyasi va raqamini oraliq bilan kiriting
Shaxsiy identifikatsiya raqami (O’z. Resp. Fuqarolari uchun, haydovchilik guvohnomasi)
Shaxsiy ma’lumotlarni yangilashingiz kerak bo’lgan raqamlarni kiriting
Telefon raqamingizni kiriting
Biriktirilgan fayl jpg formatida bo’lishi va 1.5 Mb dan oshmasligi lozim.
Biriktirilgan fayl jpg formatida bo’lishi va 1.5 Mb dan oshmasligi lozim.
Biriktirilgan fayl jpg formatida bo’lishi va 1.5 Mb dan oshmasligi lozim.
  • Xizmat ko'rsatish qoidalari
Xizmat ko'rsatish qoidalari bilan tanishib chiqing
* To‘ldirishi kerak
Shaxsiy ma’lumotlar, berilgan vaqtidan boshlab 72 soat ichida ko’rib chiqiladi. Shaxsiy ma’lumotlar yangilangandan so’ng, Kompaniya abonentga SMS xabar orqali ma’lumot jo’natadi.

Hurmatli abonentlar! Eslatib o‘tamiz, "shaxsiy ma‘lumotlarni yangilash" abonent xizmatidan faqat "COSCOM"MCHJ rasmiy saytida foydalanishingiz mumkin. Sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizni "COSCOM" MCHJ (Ucell SB) ma‘lumotlar bazasida yangilashni taklif etadigan boshqa Internet-resurslar / ilovalar shaxsiy ma‘lumotlaringizning maxfiyligiga tahdid solishi mumkin.

PREPAID TIZIMIDA ABONENTNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI YANGILASH XIZMATLARINI KO’RSATISH QOIDALARI.

1.    ATAMALAR MAZMUNI

1.1.    Abonent - 18 yoshga to'lgan va mobil radiotelefon xizmatlaridan foydalanish va abonent raqamini olish uchun (o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar ota-onasining yoki vasiylarining yozma roziligi asosida) Kompaniya bilan mobil radiotelefon aloqasi xizmatlarini ko’rsatish shartnomasini tuzgan har qanday jismoniy shaxs.

1.2.    Abonent raqami - Shartnoma amal qilish muddati davomida Kompaniya tomonidan Abonentga ajratilgan va boshqa abonent qurilmalari ulanganda Kompaniya tarmog'iga ulangan abonent qurilmasini aniqlash raqami.

1.3.    Shaxsiy ma’lumotlarni yangilash – Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Kompaniyaning abonentlar bazasida abonent ma'lumotlarini yangilash yoki o'zgartirish imkoniyati. 

1.4.    Kompaniya veb-sayti – Kompaniyaning HTTP / HTTPS orqali Internet tarmog'idagi http://www.ucell.uz domeni nomi va quyidagi darajadagi barcha domen nomlari bo'yicha ma'lumotlar manbasi. 

1.5.    Veb sahifa – Abonentlarning shaxsiy ma'lumotlarini yangilash uchun mo'ljallangan, quyidagi darajadagi barcha domen nomlarini o'z ichiga olgan http://XXX.ucell.uz domeni nomi ostida veb-saytga joylashtirilgan ma’lumotlar manbai.

1.6.    Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:

    O’zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti, amaldagi ro’yxatga olish belgisi bilan;

    Chet el fuqarosi pasporti;

    Ofitserlik guvohnomasi, harbiy guvohnoma + 33-son forma (kontrakt asosida xizmatni o’tayotgan va harbiylar uchun);

    Akkreditatsiya kartasi (diplomatik vakolatxona xodimlari uchun);

    Chet el fuqarolariga yashash uchun ruxsatnoma, amaldagi ro’yxatga olish belgisi bilan;

    Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning yashash uchun ruxsatnomasi yoki sayohat hujjati, amaldagi ro’yxatga olish belgisi bilan;

    Fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi, amaldagi ro’yxatga olish belgisi bilan;

    Yangi tahrirdagi haydovchilik guvohnomasi;

    O’zbekiston Respublikasi ID-kartasi.

Yuqoridagi barcha hujjatlar bir-birini almashtirishi mumkin.

1.7.    Kompaniya ofisi - Kompaniyaning jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish, abonentlar axborot va ma'lumot xizmatlarini olishlari, uyali aloqa xizmatlarini ko'rsatish uchun shartnomalar tuzishlari va boshqa xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin bo’lgan ofislari. 

1.8.    Kompaniya ofisi - jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyaning har qanday ofisi.

1.9.    JSh PIN – shaxsni tasdiqlovchi hujjatda mavjud bo'lgan 14 ta raqamdan iborat shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.  

Mazkur band quyidagi hujjatlar uchun:

    O’zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti, amaldagi ro’yxatga olish belgisi bilan;

    Yangi tahrirdagi haydovchilik guvohnomasi;

    O’zbekiston Respublikasi ID-kartasi.

1.10.    Foydalanuvchi – "COSCOM" MChJ tarmog'ida Prepaid tizimining uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasi asosida kompaniya abonenti tomonidan ro'yxatga olingan abonent raqami bilan SIM-kartadan foydalanuvchi jismoniy shaxs. 

1.11.    Ro’yxatga olish shakli – Shartnomaning ajralmas qismi bo'lgan va abonent tomonidan Ommaviy ofertaning barcha shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilinishini tasdiqlovchi, Abonent, abonent raqami, abonent tanlagan dastlabki tarif rejasi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan Kompaniya tomonidan belgilangan shakl.

1.12.    Xizmat – veb-sahifa orqali abonentga taqdim etiladigan shaxsiy ma'lumotlarni yangilash xizmati. 

1.13.    Frod - axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarlik turi, xususan, ruxsatsiz harakatlar va aloqa tarmoqlarida resurslar va xizmatlardan ruxsatsiz foydalanish. 

1.14.    Shlyuz - telekommunikatsiya tarmog'idan foydalanish maqsadida noqonuniy (ruxsatsiz) kirish va o'rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o'tib, xalqaro trafikni o'tkazish. Kompaniyaning tarmog'i va boshqa aloqa tarmoqlari o'rtasida ovozli va / yoki ovozsiz ma'lumotlarni uzatadigan va Kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslarga boshqa aloqa tarmoqlariga (shu jumladan uyali aloqa tarmoqlari, turg’un aloqa, ma'lumotlar uzatish va boshqalar) va / yoki uchinchi shaxslarga Kompaniya tarmog'iga kirishni ta'minlaydigan Dasturlangan uskunalar to’plami."

1.15.    Prepaid (oldindan to’lov) — abonent bilan hisob-kitoblar modeli, bu abonentning shaxsiy hisobiga pul mablag'larini ko’rsatiladigan xizmatlarga uchun oldindan to’lashni nazarda tutadi. 

1.16.    SIM-karta - o'rnatilgan mikrochip yordamida identifikatsiya qilish moduli, uning yordamida abonent qurilmasi aniqlanadi, mobil aloqa tarmog'iga kirish, shuningdek abonent raqamini ruxsatsiz ishlatishdan himoyalanadi. 

 

2.    XIZMAT KO’RSATISH SHARTLARI.

2.1.    Mazkur xizmat abonentga o'z shaxsiy ma'lumotlarini barcha kerakli maydonlarni to'ldirish va veb-sahifa orqali shaxsni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan ko'rinishini taqdim etish orqali yangilash imkoniyatini beradi. 

2.2.    Shaxsiy ma'lumotlarni yangilash uchun veb-sahifada abonent o'z ma'lumotlarini tegishli maydonga kiritishi kerak::

    Abonentning to’liq ismi sharifi;

Eski hujjat bo’yicha ma’lumot

    1.6 bandga muvofiq hujjat turi; 

    Hujjat seriyasi va raqami;

Yangi hujjat bo’yicha ma’lumot

    1.6 bandga muvofiq hujjat turi;

    Hujjat seriyasi va raqami:

    O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ID-kartasi hujjat turi tanlanganda:

-    yashash manzili:

    JSh PIN;

    Abonentning shaxsini tasdiqlovchi eski hujjat orqali ro’yxatga qo’yilgan raqamlar;

    Aloqa raqami;

    Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxadan skaner qilingan nusxasini rangli formatda ilova qiling. Taqdim etilgan skaner nusxada abonentning shaxsiy ma'lumotlari, vizual tarzda aniq ko'riniishi kerak, shu jumladan abonentning fotosurati, ro'yxatdan o'tish varaqasi nusxasidagi seriya / hujjat raqami.

     O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ID-kartasi hujjat turi tanlanganda, hujjatning old va orqa tomoni skan nusxasi taqdim etiladi.

2.3.    Abonentning ismi sharifi va hujjat seriyasi, raqami tizimga abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda ma'lumotlar kiritilgan alifbo shrifti bilan bir xilda kiritilishi kerak (Lotin, kirillcha).

2.4.    Abonent, shuningdek, xizmatlarni taqdim etishning ushbu Qoidalari bilan tanishishi va kerakli maydonda tanishganlik va rozilik belgisini qo’yishi kerak.

2.5.    Agar ro'yxatdan o'tish muhrini vizual tarzda aniqlash qiyin bo'lsa, abonent sharhlarni kiritish maydonida to'liq manzilni yozadi. 

2.6.    Shaxsiy ma'lumotlar quyidagi hollarda yangilanadi: 

    Shaxsini tasdiqlovchi hujjat almashganda:

-    amal qilish muddati tugaganda; 

-    nikoh qayd etilganda/ nikoh bekor qilinganda;

-    ismi sharifi o’zgarganda;

-    yo’qotilganda/o’g’irlanganda/va boshqalar.

    Kompaniya xodimi yoki dileri tomonidan ulash amalga oshirilganda abonentning shaxsiy ma'lumotlari noto'g'ri kiritilgan. 

2.7.    Xizmat shartlariga rozilik berish orqali abonent:

    shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq o'z raqamlarini amaldagi ma'lumotlarga qayta ro'yxatdan o'tkazishga rozilik beradi; 

    Kompaniyaning rasmiy ma'lumotlari, shu jumladan amaldagi ommaviy oferta, taqdim etilayotgan xizmatlar ro'yxati, tariflar, xizmatlar ko'rsatish tartibi va shartlari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan Kompaniyaning www.ucell.uz saytida mustaqil ravishda tanishish majburiyatini oladi;

    ma'lumotlarni yangilagadan so'ng eski shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ro’yxatga olingan raqamlarning bloklanishiga rozilik beradi.

2.8.    Kompaniya istalgan vaqtda ushbu xizmatdan foydalanish shartlariga bir tomonlama tartibda o'zgartirish kiritish huquqiga ega. Ushbu holatda, abonent o'zgarishlar bilan mustaqil ravishda tanishish majburiyatini oladi.

2.9.    Kompaniya Abonent tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi, to'liqligi va aniqligi uchun javobgar emas va amaldagi ma'lumotlar bilan mos kelmagan holda, abonentga shaxsiy ma'lumotlarni yangilashda rad javobini berish huquqiga ega.

2.10.    Shaxsiy ma'lumotlar muvaffaqiyatli yangilanganidan so'ng, abonentning aloqa raqamlariga Kompaniyadan SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan.

2.11.    Shaxsiy ma'lumotlarni yangilash muddati Kompaniyaga murojaat qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida amalga oshirilishi mumkin. 

2.12.    Agar veb-sahifada ko'rsatilgan ma'lumotlar kompaniya tizimidagi ma'lumotlarga mos kelmasa, ma’lumotlarni yangilash amalga oshirilmaydi. Bu holda, abonent Kompaniyaning ofislaridan biriga murojaat qilishi kerak. 

2.13.    Agar Kompaniya ushbu xizmatlar noqonuniy va / yoki tijorat maqsadlarida ishlatilgan deb taxmin qilish uchun yetarlicha asos bo'lsa, abonentning Xizmatlarga kirishini oldindan ogohlantirmasdan to'xtatib qo'yishi yoki bekor qilishi mumkin.

2.14.    Abonent ushbu Qoidalarning har qanday shartlarini buzgan taqdirda, Kompaniya ushbu abonent nomiga qayd qilingan abonent raqamlarini oldindan ogohlantirmasdan blok holatiga tushirishga haqlidir. 

2.15.    Tomonlar o'rtasida yuzaga keladigan barcha nizo va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Agar ularni muzokaralar yo’li bilan hal qilishning iloji bo'lmasa, nizo va kelishmovchiliklar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning joylashgan yeridagi sudga murojat qilish orqali hal qilinadi.

2.16.    Abonent xizmatlar doirasida taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqiyligi, to'liqligi va aniqligi uchun javobgar ekanligiga rozilik bildiradi. 

2.17.    Kompaniya quyidagi hollarda shaxsiy ma'lumotlarni yangilashni rad etishga haqli:

    haqiqiy ma'lumotlar bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini yangilash paytida yuzaga kelgan har qanday tafovutlar;

    agar xizmatlarning taqdim etilishi davlat xavfsizligi va himoyasi, odamlar salomatligi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo'lsa; 

    agar foydalanuvchi texnik foydalanish qoidalarini buzgan holda, shuningdek sertifikatlashtirishning belgilangan tartibiga javob bermaydigan uskunadan foydalansa; 

    abonent raqamlari shlyuzlarni o'rnatish, statsionar tarmoqqa va IP-telefoniyaga ulanish uchun foydalanilgan hollarda va kompaniyaning uskunalari va aloqa qurilmalarining ishdan chiqishiga olib keladigan boshqa tadbirlar. 

 

Abonent raqamidan noqonuniy foydalanish O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi: 

155-2-modda. Telekommunikatsiya tarmog'iga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va 278-3-modda. Kompyuter tizimiga, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish huquqini olish uchun maxsus vositalarni sotish yoki tarqatish maqsadida ishlab chiqarish, 278-modda. Telekommunikatsiya tarmog'iga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish.

 

2.18.    Mazkur Qoidalar Kompaniya tomonidan O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadigan ommaviy oferta hisoblanadi. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan tomonlar o'rtasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 

2.19.    Mazkur Qoidalarga kiritilgan barcha ilovalar, o'zgartirishlar va qo'shimchalar ularning ajralmas qismi hisoblanadi. Qoidalarning har qanday qoidalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, o'zbek tilidagi tahriri ustuvorhisoblanadi. 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.