Ma’lumotlar
Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Hurmatli Abonentlar! Diqqat qiling!

2018-yil 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining 155 va 278-moddalariga muvofiq telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha ko‘zda tutilgan.

Batafsil

Agar o‘zingizga bo‘lgan qo‘ng‘iroq xorijdan ekanligini bilsangiz, lekin telefoningiz O‘zbekiston operatorlaridan birining telefon raqamini ko‘rsatsa, bunday hollarda telefoningizda ko‘rsatilgan raqam haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz:
Shu tariqa, siz sifatli aloqa xizmatlariga bo‘lgan o‘z huquqingizni himoya qilasiz va firibgarlar harakatlarini kamaytirishda operatorga yordam berasiz.

Ko’proq ma’lumot 

Hamkorlik uchun oldindan rahmat!

 

«Hurmatli fuqarolar!
Qoidabuzarliklar, nomaqbul xatti-harakatlar haqida ovozli xabarlarni olish uchun kompaniyada “Speak-Up” liniyasi + 998-94-9006666 va “Speak-Up” liniyasi uchun veb-portal faoliyat yuritmoqda.

“Speak-Up” liniyasi orqali qilingan barcha qo‘ng‘iroqlar anonimlikni saqlash sharti bilan ro‘yxatga olinishi va qayd etilishini inobatga olishingizni so‘raymiz.
Har qanday qoidabuzarlik va nojo'ya xatti-harakatlar to'g'risida audio hisobot yozish uchun ikki daqiqa (120 soniya) vaqtingiz bo'ladi.

“Speak-Up” ishonch telefoni xizmatlar sifati, narxlar yoki tariflar kabi umumiy shikoyatlarni qabul qilmaydi. Savollaringizga javob topish yoki muammoni hal qilish masalalarini Mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazida amalga oshirishingiz mumkin.
“Speak-Up” liniyasidan foydalanishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5-bob, 139-140-moddalarini diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so’raymiz.

O‘ylaymizki, ish faoliyati odob-axloq qoidalarining buzilishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish, mas’ul xodimlar tomonidan o‘z funksional vazifalariga qat’iy rioya etishi va so‘zsiz bajarilishiga xizmat qiladi va Kompaniyaning yuksak nufuzini saqlab turishda yordam beradi.

 

Hurmatli abonentlar!

Kompaniya shundan ogohlantiradiki, internet tarmog‘ida https://ucell.new-notice.com/mob_op/uz/ucell/01/B-1s9-app-bb-tm2.html firibgarlik sayti paydo bo‘lgan; unda go‘yoki Ucell kompaniyasining 23 yilligiga bag‘ishlab viktorina o‘tkazilmoqda va yutuqqa Galaxy Samsung S9+ telefoni qo‘yilgan. Barcha savollarga javob bergan taqdirda anketani to‘ldirish va valyutali plastik kartasidan 1$ hajmida pul mablag‘i o‘tkazish zarurligi haqida xabar paydo bo‘ladi. Kutilmagan xarajatlarning oldini olish maqsadida sizlardan firibgarlarning hiylalariga uchmaslikni so‘raymiz. 

Mobil firibgarlar bilan bog‘liq voqealarning soni ko‘payib borayotgani sabab, Ucell – ortiqcha moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun abonentlarni hushyorlikka chorlaydi.

Abonentning shaxsiy hisobidan ruxsatsiz mablag‘ yechib olinishiga sabab bo‘lgan quyidagi mobil firibgarlik turlarining chizmalari keng tarqalgan:

  • Abonent yutuq yoki ma’lum harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi. 
  • Abonent bank kartasi bloklangani, shundan so‘ng unga qo‘ng‘iroq qilish yoki ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida SMS-xabar qabul qiladi. 
  • Firibgar abonentga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini biror bir xizmatni amaliyotda sinayotgan aloqa operatori deb tanishtiradi. Abonentdan ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi. 
  • Abonent ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini blokdan yechish uchun SMS-xabar jo‘natishi kerakligi haqida SMS-xabarnomani qabul qiladi.
  • Abonent noma’lum raqamdan faol yo‘llanmaga ega MMS-otkritka yoki SMS-xabar qabul qiladi.
  • Abonentga noma’lum raqamdan (odatda chet el raqamidan) qo‘ng‘iroq qilinadi. Qo‘ng‘iroq qabul qilingandan so‘ng aloqa uzilib qoladi va abonentga noma’lum raqamdan qayta qo‘ng‘iroq qilishni so‘ralgan SMS-xabar keladi. Xabarda keltirilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish vaqtida abonent avtoinformatorga ulanadi. Avtoinformatorning vazifasi esa – abonentning hisobidan ko‘proq mablag‘ yechilguniga qadar uni tarmoqda iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. 

Diqqat! Agarda Siz yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Siz firibgarlikning qurboniga aylanishingiz mumkin. Mobil firibgarlik oqibatlarini oldini olish uchun, iltimos, quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring:

  • Yo‘riqnomalarga, begona kishining aytib turgan harakatlariga va/yoki so‘rovlarga amal qilishga shoshilmang;
  • Gumon uyg‘otuvchi manbalarga ishonmang;
  • Qabul qilingan ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling
Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi
Bog‘lanish
raqamlari
Ishlash tartibi
Ucell abonentlari uchun
8123
24 soat davomida
Boshqa mobil operatorlarining abonentlari uchun
+998(93)1800000 +998(93)1810000
Shahar telefonlari uchun
93 1800000
93 1810000
  • Hech qachon noma’lum kishilarga, ular o‘zlarini bank, muhim muassasa, organ hodimi deb tanishtirgan hollarida ham, o‘z shaxsiy ma‘lumotlaringizni e’lon qilmang;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda konfidensial (maxfiy) ma’lumotlaringizni chop etmang;
  • Noma‘lum raqamlardan kelgan fayllarni ochmang, noma‘lum yo‘llanmalarga kirmang;
  • Noma‘lum raqamlardan kelgan hamda faol yo‘llanmalarni jamlagan xabarlarni o‘chirib tashlang;
  • Noma‘lum manbalardan telefoningizga dastur va o‘yinlar yuklamang;
  • Telefoningiz uchun faqatgina rasmiy ta‘minlovchilar taqdim etgan antivirus dasturlaridan foydalaning;
  • Shubhali raqamlarga SMS-xabar yo‘llamang;
  • Noma‘lum xalqaro raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmang, SMS va qo‘ng‘iroq kelib tushgan raqam qaysi davlatga tegishli ekanini Ucell Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, aniqlang.
  • SIM-kartangizni begonalar qo‘liga bermang, xizmat ko‘rsatish va telefon ta‘mirlash markazlarida unutib qoldirmang. Doimo yodda saqlang:  zamoniy uskunalarda SIM-kartani klonlashtirish atigi bir necha soniyalarni o‘z ichiga oladi. SIM-kartani klonlashtirish jiddiy moliyaviy va boshqa qator zararlarga sabab bo‘lishi ham mumkin;
  • "Mobil o'tkazma" xizmati yordamida pul o‘tkazish jarayonida hushyor bo‘ling. Faqatgina Sizga ma’lum raqamlarga pul o‘tkazing va diqqat bilan kiritgan ma‘lumotlaringizni tekshiring;
  • Telefoningizning IMEI (noyob kodi) ni yodda saqlang! IMEI ni *#06# raqamiga so‘rov yuborib, bilishingiz mumkin. Telefoningizni o‘g‘irlash/yo‘qotish holatlarida, agarda undan bir marta bo‘lsa ham chiqish qo‘ng‘irog‘i amalga oshirilsa, uni topish imkoni mavjud. Qisqa muddat davomida Ucell Sotuvlar va Abonentlarga xizmat ko’rsatish markazlariga murajaat qilib, SIM-kartani bloklash yoki qayta tiklash kerak. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida militsiyaga murojaat etish lozim.            

Ota-onalarga tavsiyalar:

  • Farzandingizga qimmatbaho telefon xarid qilmang;
  • Farzandingiz telefonida rouming, xalqaro aloqa va GPRS-Internet xizmatlarini o‘chirib qo‘ying;
  • Keraksiz qo‘ng‘iroqlardan farzandingizni himoyalash maqsadida "Qo‘ng‘iroqlar filtri" xizmatidan foydalaning;
  • Farzandingizga shoshilinch xizmat raqamlari haqida so‘zlab bering
Xizmat turi
Yangi raqam
Yong‘in xavfsizligi
101
Militsiya
102
Tez yordam
103
Gaz xizmati
104
Ma‘lumot olish
109
Qutqaruv xizmati
1050
Boshqa xizmatlar
10ХХ
  • Farzandingiz telefonida, Siz bilan bog‘lanish raqamlarini tezkor terishga o‘rnatib, 1 ta tugma bilan qo‘ng‘iroq qilish imkonini yarating;

Ucell o‘z mijozlarini mobil xizmatlarning vijdonsiz foydalanuvchilaridan hamda mobil firibgarlardan himoya qilishga harakat qiladi.

Biz Sizni ko‘zlanmagan salbiy vaziyatlardan asraymiz! Siz har doim "Shaxsiy kabinet" orqali "Firibgarlikda shubhalanish" bo‘limini tanlab murojaat qilishingiz yoki Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilsangiz, mutaxassislar Sizga bajonidil yordam berishadi!

Mehr va etibor bilan, Sizning Ucell! 

 

 

 

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.