2026-yil 28-apreldan ayrim raqamli xizmatlarning taqdim etilish shartlari yangilanadi. O‘zgarishlar yangi foydalanuvchilar uchun ulanish shartlarini dolzarblashtirish va aniqlashtirishga qaratilgan.
“Yandex Plus” xizmati
“Yandex Plus” xizmatining yangi foydalanuvchilari uchun dastlabki 30 kun 100 so‘mlik maxsus narxda taqdim etiladi. Ikkinchi davrdan boshlab, xizmat narxi har 30 kun uchun 15 999 so‘mni tashkil etadi.
“Go Music” xizmati
“Go Music” xizmatining yangi foydalanuvchilari uchun dastlabki 30 kun 100 so‘mlik maxsus narxda taqdim etiladi. Keyin xizmat narxi har 30 kun uchun 14 999 so‘mni tashkil etadi.
“OVVA TV” xizmati
“OVVA TV”, “OVVA TV Plus” hamda “OVVA KinoMax” obunalarining yangi foydalanuvchilari uchun dastlabki 7 kun 100 so‘mlik narxda taqdim etiladi. Mazkur davr tugagach, tanlangan to‘plamning to‘liq qiymati qo‘llanadi.
Muhim! E’tibor bering: ko‘rsatilgan shartlar tegishli xizmatlarning faqat yangi foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Mavjud foydalanuvchilar uchun shartlar o‘zgarishsiz qoladi.
Bizning xizmatlaringizni tanlaganingiz uchun minnatdormiz va raqamli imkoniyatlardan maroqli foydalanishingizni tilaymiz!
