Dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 23.10.2026 kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha Buxoro (G‘ijduvon tumani), Qashqadaryo (Shahrisabz shahri), Xorazm (Xonqa tumani), Navoiy (Navoiy shahri), Surxondaryo (Qumqo‘rg‘on tumani) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Qo‘ng‘irot shahri) 2G, 3G, 4G tarmoqlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining qisqa muddatli yomonlashuvi kuzatilishi mumkin. Ushbu yomonlashuv vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, kelajakda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishiga olib keladi.